Бизга боғланинг
«Аҳлисунна вал-жамоа» эътиқоди (2)
Fasl
– Biz Alloh ta`olo o`z maxluqlariga e`lchilarni yuborgan e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: «(Alloh ta`olo) payg`ambarlarni yuborganidan so`ng, odamlar uchun Allohning ziyoniga hujjat bo`lmasin uchun jannatdan xushxabarchi va jahannamdan ogohlantiruvchi qilib e`lchilarni yubordi. Alloh aziz va hakim zotdir» (Niso: 165).
– Biz payg`ambarlarning avvali Nuh va oxiri Muhammad sollalohu alayhima va sallam e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi; «Biz sizga Nuh va undan keyingi payg`ambarlarga vahiy qilgandek, vahiy qildik» (Niso: 163);
«Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) Sizlarning e`r kishilaringizning otasi e`mas. Balki, U Allohning e`lchisi va payg`ambarlarning so`nggisidir» (Ahzob: 40).
– Biz payg`ambarlarning e`ng afzali Muhammad sollalohu alyhi va sallam, so`ngra Ibrohiym, so`ngra Muso, so`ngra Iyso alayhimussolatu vassalom e`kaniga iymon keltiramiz.Ularning barchasi ushbu oyatda zikr qilingan: «Biz payg`ambarlardan: Sizdan, Nuh, Ibrohiym, Muso va Iyso ibn Mar`yamdan ahdlarini oldik. Biz ulardan qattiq ahdlarni oldik» (Ahzob: 7).
– Biz: » Muhammad sollalohu alayhi va sallam olib kelgan shariat quyidagi oyatda zikr qilingan payg`ambarlarning olib kelgan shariatlarida bor bo`lgan barcha fazilatlarni o`z ichiga oladi»- deb e`tiqod qilamiz. Alloh ta`olo dedi: «(Alloh ta`olo) sizlarga Nuhga, Sizga vahiy qilganimiz, Ibrohiym, Muso va Iysoga vasiyat qilganimiz: «Dinni barpo qilinglar va dinda tarqoq bo`lmanglar!»- deb shariat qildi» (Shuro: 13).
– Biz barcha payg`ambarlar yaratilganyaralmish bo`lib, ularda bironta ham rububiyat xususiyati yo`q e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo rasullarning birinchisi Nuh alayhissolatu vassalom haqida shunday dedi: «(Nuh): «Men sizlarga: «Allohning xazinalari mening mening huzurimda, men farishtaman»- deb aytmayman. Men g`ayb ishlarini bilmayman»- (dedi)» (Hud: 31).
«Men, hatto, o`zim uchun foyda va zararkeltirishga qodir e`masman. Faqatgina, Alloh hohlasagina keltira olaman» (A`rof: 188);
«Ayting: «Men sizlar uchun zarar berish yoki sizlarni to`g`ri yo`lga solishga e`ga e`masman» (Jin: 21).
– Biz payg`ambarlarning banda e`kanliklari, biroq,Alloh ta`olo ularni payg`ambarlik bilan mukarram qilgani va ularni bandalikning e`ng e`ng oliy maqomi va maqtovlar bilan sifatlagan e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo ularning e`ng birinchilari Nuh alayhissolatu vassalom haqida: «Hoy biz kemada Nuh bilan birga qutqargan kishilarning zurriyotlari, Sizlar ham Nuh olib kelgan yo`lga e`rgashinglar! Chunki, Nih shukr qiluvchi bandalardan e`di» (Isro`: 3) – deb, so`ngra payg`ambarlarning e`ng oxirgisi Muhannad sollalohu alayhi va sallam haqida: «Barcha olamlarga ogohlantiruvchi bo`lishi uchun o`z bandasiga Qur`onni indirgan zot buyuk bo`ldi» (Furqon: 1) der e`kan, boshqa payg`ambarlar haqida shynday dedi: «Siz bizning qudrat va ong e`galari bo`lgan bandalarimiz: Ibrohiym, Ishoq va Ya`qublarni e`slang» (Sod: 45);
«Siz, bizning bandamiz, qudrat sohibi Dovudni e`slang. U obid e`di» (Sod: 17).
«Va biz Dovudga Sulaymonni ato e`tdik. U qandayam yaxshi banda va obid e`di» (Sod: 30).
Alloh ta`olo Iyso alayhissolatu vassalom haqida: «- Biz in`om e`tgan va Isroil o`g`illariga namuna qilgan bir bahda, xolos» (Zuxruf: 59).
– Biz Alloh ta`olo Muhammad sollalohu alayhi va sallamning payg`ambarligi bilan payg`ambarlikni tugatgani va Uni butun bashariyat uchun yuborgan e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: «Ayting: «Hoy odamlar men samovot va yerning mulki qo`lida bo`lgan, tiriltiruvchi va o`ldiruvchi, o`zidan boshqa iloh bo`lmagan Allohning barchangiz uchun yuborilgan e`lchisiman. Bas, sizlar Allohga, uning Allohga va uning so`zlariga iymon keltirgan e`lchisiga iymon keltiringlar! Unga e`rgashinglar, shoyad hidoyat toparsizlar» (A`rof: 158).
– Biz rasululloh sollalohu alayhi va sallam olib kelgan shariat, Alloh ta`olo bandalari uchun rozi bo`lgan va ulardan undan boshqasini qabul qilmaydigan Islom dini e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: «Allohning huzuridagi din – Islomdir» (Oli Imron: 19);
«Bugun men sizlarga diningizni komil, ne`matlarimni to`la qildim va Islomni din deb ixtiyor e`tdim» (Moida: 3);
«Islomdan boshqa (narsani) din deb izlagan kishidan bu izlagan narsasi qabul qilinmas. Va u oxiratda ziyonkorlardandir» (Oli Imron: 85).
– Biz: «Bugun Islom dinidan boshqa Alloh ta`olo huzurida maqbul bo`lgan yahudiy, masihiy va boshqa dinlar bo`lishi mumkin, deb o`ylagan kishi kofir bo`lib, undan tavba qilishi talab qilinadi. Agar tavba qilsa yaxshi, bo`lmasa Qur`onni rad e`tgani uchun uchun martad bo`lib, qayl qilinadi»- deb aytamiz.
– Biz: «Muhammad sollalohu alayhi va sallamning payg`ambarligi barcha insoniyat uchun e`kaniga kofir bo`lgan kishi barcha payg`ambarlarga, shu jumladan, o`zi iymon keltirib, e`rgashayotgan payg`ambariga ham kofir bo`libdi»- deb aytamiz. Alloh ta`olo dedi: «Nuhning xalqi
payg`ambarlarni rad e`tdi» (Shuaro: 105).
Alloh ta`olo Nuh alayhissolatu vassalomdan avval biron bir payg`ambar o`tmagan bo`lsada, ularni barcha payg`ambarlarni rad e`tgan deb hisobladi. Alloh ta`olo dedi: «Alloh va uning payg`ambarlariga kofir bo`lgan, Alloh va uning payg`ambarlari o`rtasini ajratmoqchi bo`lgan hamda «Biz ularning ba`zilariga iymon keltirib, ba`zilariga kofir bo`lamiz»- deb, kufr va iymon o`rtasida bir (yangi) yo`l qilmoqchi bo`lgan kimsalar, o`shalargina haqiqiy kofirlardir. Biz ularga xo`rlovchi azobni tayyorlab qo`ydik» (Niso: 150, 151).
– Biz: «Muhammad sollalohu alayhi va sallamdan so`ng payg`ambar bo`lmasligiga, undan so`ng payg`mbarlikni da`vo qilgan yoki payg`ambarlikni da`vo qilgan kishini tasdiqlagan odam kofirdir. Chunki, u Allohni, uning rasuli va musulmonlar ijmo`sini rad e`tgan bo`ladi»- deb iymon keltiramiz.
– Biz: «Muhammad sollallohu alayhi va sallamning ummati ichida payg`ambarimizdan ilm, da`vat va musulmonlar ustidan etakchi bo`lib qolgan xalifalari bor. Ularning afzallari Abu Bakr Siddiq, keyingisi Umar ibn Xattob, keyingisi Usmon ibn Affon, keyingisi Aliy ibn Abu Tolibdir (Alloh ularning barchasidan rozi bo`lsin).Ular xalifa bo`lib qoldilar. etuk hikmat sohibi bo`lgan Alloh ta`olo e`ng yaxshi asr uchun ulardan ko`ra yaxshiroq va xalifalikka loyiqroq bo`lgan boshqa kishilar bo`lsa e`di, ularni tanlab olmagan bo`lar e`di»- deb iymon keltiramiz.
– Biz: «Xalifalar bir-birlaridan ba`zi xususiyatlarda ustun bo`lsalarda, ustun bo`lganlari mutlaq fazlga e`ga e`masdir. Chunki, mutlaq fazl Alloh ta`ologagina xos bo`lib, uning sabablari ko`p»- deb iymon keltiramiz.
– Biz: «Bu Ummat ummatlarning e`ng xayrlisi va Alloh ta`olo huzuridagi e`ng mukarramidir»- deb iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: «Sizlar osamlar uchun chiqarilgan yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradigan va Allohga iymon keltirgan ummat bo`ldingiz» (Oli Imron: 110).
– Biz: «Bu Ummatning ichidagi e`ng yaxshi kishilar sahobalar, tobiinlar va tobiinlarga e`rgashgan kishilardir. Bu ummat ichida bir toifa haqiqat uzra qoladi. Ularni Allohning amri kelguniga qadar yordamsiz tashlab qo`ygan yoki ularga muxolif bo`lgan kishilar ularga zarar bera olmaydilar»- deb iymon keltiramiz.
– Biz: «Sahobalar o`rtasida bo`lib o`tgan fitnalar ularning ijtihodlardagi ta`villari sababli bo`lgan. Ularning qaysi biri to`g`ri ijtihod qilgan bo`lsa, unga bir ajr bo`ladi va uning gunohi kechiriladi»- deb e`tiqod qilamiz. Biz: «Ularning yomonliklaridan ko`z yumish, ularni maqtov va sharaf bilan tilga olish va qalblarimizni ularga bo`lgan gina-adovatlardan pok tutishimiz kerak»- deb aytamiz. Chunki, Alloh ta`olo bunday dedi: «Ichingizdagi Makka fathidan avval infoq va jihod qilgan kishilar(ga boshqa kishilar) teng kela olmas. Ularning Makka fathidan so`ng infoq va jihod qilgan kishilardan ko`ra maqomlari buyukdir. Alloh ularning barchasiga yaxshilikni va`da qildi» (Hadid: 10).
Allho ta`olo biz (musulmonlar haqida) shunday dedi: «Ulardan so`ng kelgan avlodlar: «Robbimiz, bizlarni va bizlardan avval yashab o`tgan do`stlarimizning gunohlarini kechir! Bizlarning qalblarimizda mo`minlarga nisbatan gina-kudurat qo`yma! Robbimiz, sen rahmli va mehribon zotsan»- dedilar» (Hashr: 10).
Fasl
– Biz odamlar ne`matlar yoki azoblar diyoriga kirish uchun qayta tirilishadigan oxirgi kun – qiyomat kuniga iymon keltiramiz.
– Biz Isrofil alayhissolatu vassalom surga ikkinchi marta dam urganida o`liklarning qayta tirilishlariga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: «Surga dam urildi va osmondagi, Alloh hohlagan maxluqlardan boshqa, barcha zotlar behush bo`lib yiqildilar. So`ngra, ikkinchi marta dam urildi. Banogoh ular tik qarab turadilar (Zumar: 68).
Odamlar qabrlaridan poyafzalsiz – yalangoyoq, kiyimsiz – yalang`och, xatnasiz – bus-butun holatlarida robbilari uchun chiqib keladilar. Alloh ta`olo dedi: «Sizlarni avval yaratganimiz holga qaytaramiz. B- Biz uchun zimmamizdagi va`daddir. Biz shunday qilguvchimiz» (Anbiyo: 104).
– Biz bandalarning o`ng, chap va orqa taraflaridan beriladigan nomalariga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: «Nomasi o`ng tarafdan berilgan kishi engil hisob qilinadi va o`z ahliga xursand bo`lib qaytadi. Ammo nomalar orqa tarafdan berilgan kishi o`z halokatini chaqiradi va jahannamga tashlanadi» (Inshiqoq: 7 – 12);
«Biz har bir insonning qilgan amalini o`z bo`yniga ilib qo`yganmiz. (Uning amali o`zidan ajralmasdir). Va qiyomat kunida biz unga ro`baro` bo`ladigan ochiq kitob – amal nomalarini chiqarib ko`rsatamiz. Unga deyiladiki: «Amal nomangni o`qi! Bugun nafsing o`zingga qarshi etarli hisobchidir»» (Isro`: 13, 14).
– Biz qiyomat kunida hech bir maxluqqa zulm qilmaydigan tarozu qo`yilishiga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: «Kim zarracha yaxshilik qilsa, uni ko`rar. Kim zarracha yomonlik qilsa, uni ko`rar» (Zilzol: 7, 8);
«Tarozulari(ning savob pallasi) og`ir kelgan kishilar najot topuvchilardir. Tarozulari(ning savob pallasi) engil jkelgan kishilar, ana o`shalar o`z jonlariga jabr qilgan va jahannamda mangu qoladigan kishilardir. Ularning yuzlarini olov kuydiradi va badbashara qilib tashlaydi» (Mo`minuvn: 102 – 104);
«Kim yaxshilikni olib kelsa, unga u yaxshilikning o`n barobaricha savoblar bor. Kim yomonlikni olib kelsa, yomonligi miqdoricha jazolanadi» (An`om: 160).
– Biz rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o`zigagina berilgan katta shafoatga iymon keltiramiz. Alloh ta`oloning huzurida, Alloh ta`oloning izni bilan, boshlariga toqat qilib bo`lmaydigan musibat etganida Odam, Nuh, Ibrohim va Iyso alayhimussolatu vassalomlarning oldilariga borganlaridan so`ng, huzuriga kelgan odamlar o`rtasida hukm qilishlari uchun rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ushbu shafoat beriladi.
– Biz jahannamga kirgan mo`minlarni jahannamdan chiqarish uchun beriladigan shafoatga iymon keltiramiz. Bu shafoat – payg`ambarimiz (Muhammad) sollalohu alayhi va sallam, boshqa payg`ambarlar va mo`minlar va farishtalarga ham beriladi. Bundan tashqari, Alloh ta`oloning o`zi ham shafoatsiz, o`z fazli va karami bilan ko`p mo`min bandalarini chiqarishiga iymon keltiramiz.
– Biz rasululloh sollallohu alayhi va sallamga berilgan Havzga iymon keltiramiz. Uning suvi sutdan oq, asaldan shirin, mushk-anbardan xushbo`y, uzunligi va e`ni bir oylik yo`l, idishlari chiroyi va ko`pligida samo yulduzlari kabidir. Mo`minlra bu Havzga keladilar. Undan suv ichgan kimsa hech qachon chanqamaydi.
– Biz jahannam uzra qurilgan ko`prik – Sirotga iymon keltiramiz. Uning ustidan odamlar qilgan amallariga qarab: ba`zilar chaqnagan chaqmoqdek, ba`zilar e`sgan shamoldek, ba`zilar uchgan qushdek o`tib boradilar. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam e`sa ko`prik boshida turib: «Robbim, qutqar»- deya yolborib turadilar. Ba`zi bandalarning (yaxshi) amallari oz bo`lgani uchun ko`prik ustidan e`maklab o`tadilar. Sirotning ikki tarafida Alloh ta`olo tarafidan buyurilgan osig`liq changaklar bor. Ular amr e`tilgan odamni tutib qoladilar. Sirotdan o`tgan odam qutulibdi, yiqilgan odam jahannam uchun tutilibdi.
– Biz qiyomat kuni va uning dahshatlari haqida Allohning Kitobi va rasululloh sollalohu alayhi va sallamning sunnatlarida kelgan har bir xabarga iymon keltiramiz. Alloh bizni u kundagi balolardan saqlasin!
– Biz rasululloh sollaohu alayhi va sallamning o`zigagina berilgan va jannat ahllarining jannatga kirishlari uchun qiladigan shafoatlariga iymon keltiramiz.
– Biz jannat va jahannamning bor e`kaniga iymon keltiramiz. Jannat – Alloh ta`oloning taqvoli mo`min bandalari uchun tayyorlab qo`ygan, quloq e`shitmagan va insonning xayoliga kelmagan turfa ne`matlar bo`lgan diyordir. Alloh ta`olo dedi: «Hech bir jon qilgan amallari e`vaziga o`zi uchun berkitib qo`yilgan quvonchlarni bilmaydi» (Sajda: 17).
Jahannam e`sa, zolim kofirlar uchun Alloh ta`olo tayyorlab qo`ygan inson xayoliga kelmagan turfa qiynoqlar diyoridir. Alloh ta`olo dedi: «Biz zolimlar uchun jahannamni tayyorlab qo`ydikki, olovi ularni o`rab turadi. Ular yordam istasalar, yuzlarni pishiradigan suvlar beriladi. Bu qanday yomon sharob va yomon joy-a?» (Kahf: 29).
Jannat va jahannam hozir ham bor va hech qachon foniy bo`lmaydi. Alloh ta`olo dedi: «Alloh Allohga iymon keltirib, solih amallarni qilgan kishilarni ostlaridan daryolar oqib o`tadigan va kirganlar (mangu) qoladigan jannatlarga kiritadi» (Taloq: 11);
«Alloh ta`olo kofirlarni la`nat qildi va ular uchun mangu qolishadigan jahannamni tayyorlab qo`ydi. Ular u yerda yordamchi ham, do`st ham topa olmaslar. Ularning yuzlari olovga burilgan kunda: «Allohga va payg`ambarga itoat e`tsak koshki e`di» deydilar» (Zuxruf: 64, 65).
– Biz: «Jannat – Allohning Kitobi va sunnatda ochiq yoki sifatlar bilan ishora qilingan kishilar uchundir»- deb guvohlik beramiz. Abu Bakr, Umar, Usmon, Aliy va ulardan boshqa rasululloh sollallohu alayhi va sallam xabar bergan kishilar uchun aniq, barcha taqvoli va iymonli kishilar uchun e`sa belgilari bilan guvohlik beramiz.
– Biz: «Jahannam Allohning Kitobi va sunnatda aniq va belgilari bilan lshora qilingan kishilar uchundir»- deb guvohlikberamiz. Abu Lahab, Amr ibn Luhay Huzoiy va boshqalarga aniq, har bir kofir, katta shirk amalini qilgan mushrik va munofiq uchun e`sa belgilari bilan guvohlik beramiz.
– Biz qabr sinovi (fitnasi)ga iymon keltiramiz. U e`sa mayyit-o`likning o`z qabrida robbisi, dini va payg`ambari haqida so`roqqa tutilishidir. Alloh ta`olo dedi: «Alloh ta`olo iymon keltirgan kishilarni bu dunyo va oxiratda o`zgarmas so`z bilan sobitqadam qiladi» (Ibrohim: 27).
Mo`min berilgan savollarga: «Robbim – Alloh, dinim – Islom va payg`ambarim – Muhammad sollallohu alayhi va sallamdir»- deb javob beradi. Kofir e`sa: «Bilmauman, odamlar nima desalar, men ham o`sha so`zlarni aytar e`dim»- deydi.
– Biz: «Qabr ne`matlari mo`min uchundir»- deb iymon keltiramiz. Allho ta`olo dedi: «Gunohdan pok hollarida jonlari olinmish insonlarga farishtalar: «Sizlarga tinchlik bo`lsin! Qilgan amallaringiz e`vaziga jannatga kiringlar»- deydilar» (Nahl: 32).
– Biz: «Qabr qiynoqlari zolim kofirlar uchundir»- deb iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: «Siz zolimlarni o`lim talvasasida ko`rsangiz e`di. Farishtalar qo`llarini ochib: «Jonlaringizni chiqaringlar! Allohga nohaq so`zlarni aytganingiz va uning oyatlaridan yuz o`girganingiz uchun bugun xorlik azobi bilan «mukofotlanasizlar»- deydilar» (An`om: 93).
– Bu to`g`rida ko`plab hadislar bor. Mo`min Allohning Kitobi va sunnatda kelgan bunday g`aybiy ishlarga iymon keltirishi va bu dunyoda o`rgangan narsalari bilan unga qarshi cgiqmasligi kerak. Chunki, o`rtalarida katta farq bo`lsada, oxirat ishlari dunyo ishlari bilan qiyoslanmaydi. Alloh gunohning barcha yo`llaridan saqlasin!
Fasl
– Biz taqdir (qadar)ning yaxshi va yomoniga iymon keltiramiz. Taqdir Alloh ta`oloning o`tgan ilmi va taqozo e`tgan hikmati bilan maxluqlar uchun qo`ygan o`lchovidir.
Taqdirning to`rt bosqichi bor:
-Birinchi bosqich: Ilm.
Biz Alloh ta`oloning barcha narsalarni biluvchi e`kaniga, U bo`lgan va bo`ladigan barcha narsalarni bilgan, Uning bilishi azaliy va abadiy bo`lib, bo`lmaganidan so`ng bilim yoki bilganidan so`ng unutish bo`lmasligiga iymon keltiramiz.
-Ikkinchi bosqich: Yozish.
Biz Alloh ta`olo qiyomat kuniga qadar bo`ladigan barcha narsalarni «Lavhul-Mahfuz»ga yozib qo`ygan e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: «Siz Alloh ta`olo Yer va Osmondagi barcha narsalarni bilishi, bu e`sa Kitobda yozilgan hamda bu ishlar Allohga oson e`kanini bilmaysizmi?!» (Haj: 70).
-Uchunchi bosqich: Hohish.
Biz: «Alloh ta`olo samovot va yerdagi barcha narsani o`z hohishi bilan yaratdi. Barcha narsa uning hohishi bilan bo`ladi. Alloh hohlagan narsa bo`ladi va hohlmagan narsa bo`lmaydi»- deb iymon keltiramiz.
-To`rtinchi bosqich: Yaratish.
– Biz: «Alloh ta`olo barcha narsaning yaratuvchisi, barcha narsaga vakil va samovot va yerning kalidlari uning» e`kaniga iymon keltiramiz.
-Bu to`rt bosqich Alloh ta`olo va bandalari tomonidan sodir bo`ladigan barcha narsalarni o`z ichiga oladi.
Bandalar tomonidan sodir e`tilgan va e`tilmagan ishlar va so`zlar Alloh uchun ma`lum, Allohning huzurida yozilgan, Alloh uni hohlagan va yaratgandir. Alloh ta`olo dedi: «Sizlarning ichingizdagi hohlaganingiz to`g`ri yo`lda yursin! Sizlar olamlar robbisi – Alloh hohlasagina hohlaysizlar» (Takvir: 28, 29);
«Agar Alloh hohlasa bir-birlariga urush qilmas e`dilar. Lekin, Alloh hohlaganini qiladi» (Baqara: 253);
«Agar Alloh hohlamasa ular qilmas e`dilar. Ularni o`z iftirolari bilan qo`ying» (An`om: 137);
«Aloh sizlarni va sizlar qilgan amallarni yaratdi» (Soffot: 96).
– Biz, shu bilan birga, Alloh ta`olo bandaga amal sodir bo`ladigan hohish va ixtiyorni berganligiga iymon keltiramiz.
Bandaning ishlari o`z hohish va ixtiyori bilan sodir bo`lishiga quyidagi dalillar bor:
-Birinchi: Alloh ta`oloning so`zlari.
«»Ziroatgohingiz»ga hohlagan tarafingizdan yaqinlik qiling!» (Baqara: 223);
«Agar hohlasalar e`di, tayyorgarlik ko`rar e`dilar» (Baqara: 286).
Alloh ta`olo banda uchun hohish-istak va tayyorlanish haqqini isbot e`tdi.
-Ikkinchi: Bandaga amr va ta`qiqni yo`llash.
Agar bandaning ixtiyori va hohishi bo`lmasa e`di, taklif – majburiyat bo`lar e`di. Bu e`sa Alloh ta`oloning hikmati va rahmati taqozo e`tmagan ishdir.
Alloh ta`olo dedi: «Alloh har bir jonga o`z toqatiga loyiq majburiyat bergan» (Baqara: 286).
-Uchunchi: Yaxshilik qilgan kishini qilgan yaxshiligi uchun maqtash, yomonlik qilgan kishiniqilgan yomonligi uchun mazammat qilish va har ikkisiga loyiq bo`lgan mukofortlarni berish.
Agar amal bandaning istak-hohishi bilan bo`lmasa e`di, yaxshilik qilgan kishini maqtash abas, yomonlik qilgan kishini jazolash zulm bo`lgan bo`lar e`di. Alloh bunday abas va zumdan pokdir.
-To`rtinchi: Alloh ta`olo «Xabarchi va ogohlantiruvchi bo`lagn payg`ambarlarni, ulardan so`ng odamlar uchun Allohning ziyoniga hujjat bo`lmasin uchun» (Niso: 165) yubordi.
Agar bandaning qilgan ishlari o`z istak-hohishi bilan bo`lmasa e`di, payg`ambarlarni yuborish bilan hujjat botil bo`lmas e`di.
-Beshinchi: Har bir odam o`zining qilgan yoki tark e`tgan ishlarini biron bir majbur qilgan kuchni his e`tmay bajaradi. U o`z hohishi bilan turadi, o`tiradi, kiradi, chiqadi va safar qiladi. Biroq, bu ishlarida zo`rlovchi kuchni his e`tmaydi. Balki, u voqe`da bir ishni o`z hohishi bilan biron bir kuch ta`siri ostida majburlik bilan, qilish o`rtasini butunlay ajrata oladi.
Xuddi shiningdek, shariat ham bu ikki holat o`rtasini hikmat bilan ajratdi va Allohning haqqiga majburlik ostida ginohkor bo`lgan bandaga jazo belgilamadi.
– Biz: «Osiy odam o`z osiyligiga Allohning taqdirini hujjat qilishi mumkin e`mas»- deb aytamiz. Chunki, osiy Alloh ta`oloning osiylik qilishini taqdir qilishini bilishdan avval o`z ixtiyori bilan qiladi. Zero, har bir kimsa Alloh ta`oloning taqdirini sodir bo`lganidan so`nggina biladi. Alloh ta`olo dedi: «Hech bir jon e`rtaga nima kasb qilishini bilmaydi» (Luqmon: 34).
Shunday e`kan, osiylar Allohning taqdirini o`z gunohlariga hujjat qilishlari to`g`ri bo`ladimi? Holbuki, Alloh ta`olo bu hujjatni bekor qilib shunday dedi: «Mushriklar tezda: «Alloh hohlamasa, biz va bobolarimiz Allohga sherik qilishmas va biron narsani harom qilmagan bo`lur e`dik»- dedilar. Ulardan avval yashab o`tgan kishilar ham shunday degan e`dilar. Biz ularga o`z balolarimizni totitdik. Siz ayting: «Sizlarning bizlar uchun chiqaradigan ilmingiz bo`lsa, chiqaringlar! Sizlar gumongagina e`rgashayapsizlar. Sizlar nima deganingizni bilmaysizlar»» (An`om: 148).
– Biz taqdirni hujjat qilib, osiylik qilgan kishiga shunday deymiz: «Sen nega Allohning taqdirini hujjat qilib, senga farz qilingan toat-ibodatga kirishmaysan? Zero, bu bilan sening osiyligingga taqdirni hujjat qilishing o`rtasida nomailum taqdirga nisbatan hech qanday farq yo`q. Shuning uchun ham rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahobalarga har bir kishining jannat va jahannamdagi joyi belgilab qo`yilganining xabarini berganlarida sahobalarning: «Unday bo`lsa u narsaga suyanib, amal qilmaylik»- degan so`zlariga rasululloh sollalohu alayhi va sallam: «Yo`q, amal qilinglar! Har bir kishi o`zi yaratilgan (joy) uchun muyassar qilinadi»- dedilar».
– Biz taqdirni hujjat qilib osiylik qilgan kishiga shunday deymiz: «Agar sen Makka shahriga bormoqchi bo`lsang va unga olib boradigan ikki yo`l bo`lsa, ishonchli odamlardan biri: «Bu yo`l mashaqqatli, bunisi e`sa qulay» desa, tabiiyki, ikkinchisini tanlaysan. «Menga taqdir qilingan yo`l shu e`kan»- deb birinchi yo`ldan ketmaysan. Agar ketsang, telbalar safiga kirib qolasan».
– Biz taqdirni hujjat qilib, osiylik qilgan kishiga shunday deymiz: «Agar senga ikki ish taklif qilinib, ulardan biri ikkinchisidan ko`ra tartibliroq bo`lsa, uni tanlaysan. Shunday e`kan, nega e`ndi oxirat uchun ishlash maydonida e`ng pastkash yo`lni tanlaysan».
– Biz yana shunday deymiz: «Agar bemor bo`lsang tabiblar e`shigini qoqasan va qilingan jarrohiy amaliyot (operatsiya)lar hamda dorilarning achchiqligiga sabr qilasan. Xo`sh, nega gunohlar bilan xastalangan qalbingga unday qilmaysan?».
– Biz: «Alloh ta`ologa hikmati va rahmati barkamol bo`lgani uchun yomonlik nisbatlanmaydi»- deb iymon keltiramiz. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam: «(Ilohim), yomonlik senga nisbat e`tilmas»- dedilar. Alloh ta`oloning qazosida yomonlik yo`qdir. Balki, qazo Allohning rahmati va hikmatidan sodir bo`lgandir. yomonlik o`z taqozosiga qarab bo`ladi. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam Hasan raziyallohu anhuga «Qunut duosi» ni o`rgatar e`kanlar: «Va qiniy sharra ma qozayta» (Va meni qilgan qazoingning yomonliklaridan saqla)»- dedilar. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam yomonlikni Allohning qilgan qazosiga bog`ladilar. Shunday bo`lsada, yomonlik faqatgina yomonlik e`mas. Balki, yomonlik sabablardadir. Yomonlik bir o`rinda bir jihatdanda yomonlik bo`lishi, va boshqa jihatdan yaxshilik bo`lishi va boshqa bir o`rinda e`sa faqat yaxshilik bo`lishi mumkin. Kasallik, qurg`oqchilik, faqirlik va xavf kabi fasodlar yer yuzida yomonlik, biroq, bir o`rinda yaxshilikdir. Alloh ta`olo dedi: «Quruqlik va dengizda fasod qilgan ayrim ishlarini totitish uchun odamlarning qo`llari qilgan narsa sabablidir. Shoyad, ular (Allohning yo`liga) qaytsalar» (Rum: 41).
Zoniyni savalash va o`g`rining qo`lini kesiah har ikkisi uchun alamli bo`lsada, boshqa bir tarafdan yaxshilikdir. Chunki, bu jazolar ularning qilgan gunohlari uchun kafforot bo`ladi va qiyomat kuni dunyo va oxitrat jazolari bir bo`lgan kunda jazolanmaydi. Boshqa tarafdan e`sa, jazolar ortida mulklar, nomuslar va nasablarni himoya qilish yotadi.
Fasl
– Bu – buyuk asoslarni o`z ichiga olgan e`tiqod bo`lib, uni abul qilgan kishilar uchun katta va ko`p samaralar beradi.
– Alloh ta`ologa va uning ism va sifatlariga iymon keltirish – bandaga Allohning amrlarini bajarish va ta`qiqlaridan saqlanish bilan birga, Alohni sevish va ulug`lashni samara qilib beradi. Alloh ta`oloning amrlarini bajarish va ta`qiqlaridan saqlanish e`sa, jamiyatlar va shaxslar uchun dunyo va oxiratning baxt-saodatini samara qilib beradi. Alloh ta`olo dedi: «Mo`min bo`la turib yaxshi amallarni qilgan e`rkak yoki xotinni shirin hayotga tiriltiramiz va uni qilgan ishlaridan ko`ra yaxshiroq bo`lgan savoblar bilan mukofotlaymiz» (Nahl: 97).
– Farishtalarga iymon keltirishning samaralari
Birinchi: Alloh ta`olo va Alloh ta`oloning quvvati va saltanatining buyukligini bilish.
-Ikkinchi: Alloh ta`oloning bandalarga bo`lgan e`tiboriga shukronalar aytish. Chunki, Alloh ta`olo ularni himoya qilish, ularning amallarini yozish va boshqa manfaatlari uchun farishtalarni vakil qildi.
-Uchunchi: Alloh ta`ologa qilgan komil ibodatlari va mo`minlar uchun qilgan istig`forlari e`vaziga farishtalarni sevish.
– Ilohiy kitoblarga iymon keltirishning samaralari
-Birinchi: Alloh ta`oloning o`z maxluqlariga bo`lgan buyuk marhamati va e`tiborini bilish. Chunki, Alloh ta`olo har bir maxluqni hidoyat qilish uchun kitoblar nozil qildi.
-Ikkinchi: Alloh ta`oloning hikmatining zohir bo`lishi. Chunki, Alloh ta`olo har bir xalqqa munosib bo`lgan kitobni indirdi. Bu kitoblarning e`ng so`nggisi bo`lgan Qur`on Karim zamon va makonidan qat`iy nazar, har bir xalqqa munosibdir.
-Uchunchi: Alloh ta`ologa bu ne`matlar uchun shukr aytish.
– Payg`ambarlarga iymon keltirishning samaralari
-Birinchi: Alloh ta`oloning o`z maxluqlariga bo`lgan buyuk marhamati va e`tiborini bilish. Chunki, Alloh ta`olo o`z bandalariga to`g`ri yo`lni ko`rsatadigan payg`ambarlarni yubordi.
-Ikkinchi: Allohga bu ne`matlar uchun shukr aytish.
-Uchunchi: Payg`ambarlarni sevish, hurmat qilish va ularni loyiq bo`lgan suratda maqtash. chunki, ular Alloh ta`oloning e`lchilari va bandalarining sarasi bo`lib, Alloh ta`ologa ibodat va bandalariga nasihat qildilar. Allohning payg`omini etkazdilar va bu yo`lda sabr qildilar.
– Oxiratga iymon keltirishning samaralari
-Birinchi: Oxirat kunidagi savoblarga e`rishish uchun Alloh ta`oloning toatiga, jazolaridan qo`rqib e`sa ta`qiqlaridan saqlanishga harislik.
-Ikkinchi: Mo`minga oxiratdagi savob va ne`matlarni umid qilishi bilan dunyoda e`risha olmagan ne`mat va mukofotlar berish bilan tasalli berish.
– Taqdirga iymon keltirishning samaralari
-Birinchi: Sabablarni qilish paytida Alloh ta`ologa suyanish. chunki, sabab va sabablantirilgan narsaning har ikkisi Alloh ta`oloning qazosi va qadari bilan bo`ladi.
-Ikkinchi: Nafs rohati va qalb xotirjamligi. Chunki, qalb bir narsaning Allohning qazosi bilan bo`lishi, yoqtirmagan ishlarning muqarrar ravishda bo`lishini bilsa rohatlanadi va Alloh ta`oloning qazosiga rozi bo`ladi. Biror kimsa Alloh ta`oloning taqdiriga iymon keltirgan kishilar kabi xotirjam va rohatda yashay olmaydi.
-Uchunchi: Maqsadga e`rishilgan payt g`ururni ketkazish. Zero, e`rishilgan ne`mat Alloh taqdir qilgan sabab va muvaffaqiyat bilan qo`lga keladi. Buni bilgan odam ne`matlarni berga Alloh ta`ologa shukronalar aytib, o`zidan mag`rurlanishni ketkazadi.
-To`rtinchi: Maqsad qo`ldan ketgani yoki boshga musibat etganida bezovtalik va jahlni ketkazish. Chunki, u narsalarning barchasi samovot va yerning mulk sohibi bo`lgan Alloh ta`oloning qazosi bilan bo`lgan va bo`lishi muqarrar e`di. Shuning uchun u odam Allohning qazosiga sabr qiladi va savob umidida bo`ladi. Bunga Alloh ta`oloning ushbu oyati ishora qiladi: «Yer va o`zingizga etgan musibat yaratishimizdan avval Allohning kitobida bor e`di. Bu ish Alloh uchun osondir. Toki sizlar qo`llaringizdan ketgan narsaga qayg`urmagaysiz va Alloh ato e`tgan narsalar bilan mag`rurlanib ketmagaysiz. Alloh ta`olo kibr va havoga berilgan va maqtanchoq odamlarni suymas» (Hadid: 22, 23).
Biz Alloh ta`olodan bizlarni shu e`tiqodda sobitqadam qilishi, bizlar uchun uning samaralarini ro`yobga chiqarishi, o`z fazlini ziyoda qilishi, qalblarimizni hidoyat qilganidan so`ng adashtirmasligi va o`z rahmatidan berishini so`raymiz. U in`omlar ato e`tuvchi zotdir.
Alloh ta`olo payg`ambarimiz, uning oilasi, sahobalari va ularga qiyomat kuniga qadar e`rgashgan kishilarga salavot va salomlar yo`llasin.
Ushbu risola Muhammad ibn Solih Usaymin tarafidan hijriy 1404 yil shavvol oyining 30- kuni yozilib, nihoyasiga etkazildi.