Бизга боғланинг
Guruhbozlik (al-Hizbiyya) va uning Alloh yo`lidagi da`vatga salbiy ta`siri
«Musulmon do`stim, dushmaningizni bilasizmi?» silsilasi (7)
Muallif: Abu Muhammad
Tarjimon: Abu Ja’far al Buxoriy
Bismillahir rohmanir rohiym
Allohga hamdu sanolar, payg`ambarimiz, uning oilasi, sahobalari va ularga qiyomat kunigacha yaxshilik bilan e`rgashgan kishilarga salavot va salomlar bo`lsin.
So`ng…
Ikki musulmon, «ixtilof» va «tarqoqlik» ko`rinishlari hozirgi islomiy harakatlar uchun ofat e`kanida ixtilof qilmasa kerak. Holbuki, ixtilof va tarqoqlik islomiy da`vatning mumkin bo`lgani qadar falaj qilayotgan kasallikdir. Shubhasiz, ixtilof va tarqoqlikning katta omili va xatarlaridan biri – taasub, guruhbozlik va g`ururdir.
Afsuski, bu ko`rinish islomiy islohiy harakat va jamoatlarning alomatlaridan biriga aylandi. Shuning uchun ham har bir guruh o`zidagi narsa bilan quvonmoqda va o`zini e`rgashishga, Islom ummatining etakchiligini qo’lga olishiga loyiq hamda uning barcha muammolarini hal e`tishga qodir, deb aytmoqda. Ba`zi Islomiy harakatlar o`z jamoatiga mansub bo`lmagan musulmonlar ommasi, da`vatchilarni layoqat, fikrlash va manfaatlarni idrok e`tish darajasidan pastroq, e`ng ozida e`sa ularga «bechoralar» kabi shafqat va e`tiborsizlik bilqan nazar tashlamoqdalar. Hatto, ba`zi jamoatlar o`zini «Bizgina musulmonlar jamoatimiz», yoki «Shu nomga bizdan boshqasi loyiq e`mas» demoqdalar.
Bu buzg`unchilikning manbai insonlar qalbida do`stlik ma`nolarini bulg`adi. Shuning uchun ham, bunday kishilarning e`tiqodi sog`lom bo`lgan barcha musulmonlar bilan do`stlashish o`rniga, o`zi mansub bo`lgan jamoati, yoki toifasi, yoki qavmi bilangina do`stlashayotganini ko`rasiz. U o`z guruhining dasturi asosida do`stlashib, dushmanlashlashmoqda va o`sha guruhning ko`z oynagi bilan ko`rmoqda.
Tabiiyki, bu xato bo`lib, uning gunohini qilgan va boshqalarni shu asosda tarbiya qilgan odamlar ko`taradilar. Zero, Islom dinida do`stlashish va dushmanlashish sog`lom e`tiqod asosida bo`ladi. Shuning uchun ham barcha musulmon jinsi, rangi va tilidan qat`iy nazar, musulmonning do`stidir. «Ahlussunna val-jamoa» (sunnat va jamoat ahllari) ga mansub sog`lom e`tiqod sohibi va salaf solih e`tiqodi bilan xulqlangan barcha musulmon bilan do`stlashishga hech bir mone`lik yoqdir. Balki,e`tiqodi va suluki buzilgan, biroq, kufr darajasiga etibbormagan musulmon bilan ham iymoni va yaxshiliklariga yarasha, bid`atlari va yomon xulqidan uzoq turib, do`stlashilsa bo`laveradi.
Bu «ahlussunna» (sunnat ahllari) ning musulmonlarga qaratilgan, Islom nomi ostida birlashtiradigan nazariyasidir. «Ahlussunna» dan boshqa bid`atchi va guruhbozlarning nazariyasi e`sa, kunimizdagi islomiy harakatlarning asosiy belgilari bo`lgan ixtilof va tarqoqlikka olib boradigan nazariyadir. Bu belgini Alloh ta`olo mazammat qildi va rasululloh sollallohu alayhi va sallam ta`qiqladilar. Alloh ta`olo dedi: «Allohning mustahkam arqonini mahkam ushlanglar, tarqoq bo`lmanglar!»; (Oli Imron: 103)
«Siz dinlarini parchalagan va guruh-guruh bo`lgan kishilardan e`massiz». (An`om: 159)
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Ixtilof qilmanglar! Chunki, sizlardan avval gilar ixtilof sababli halok bo`ldilar». (Imom Buxoriy rahimahulloh rivoyati)
Ta`qiqlar naqadar kuchli bo`lmasin, ko`plab islomiy harakatlar va da`vatchilar ixtilof balosiga mubtalo bo`ldilar. Chunki, ularning dasturi, uslubi va harakatlarida tarqoqlik davom e`tmoqda. Achinarlisi shuki, ushbu harakatlar ixtiloflarni kuchaytirmoqda. Bizningcha, muammolarning ildizi shaxslarning tushuncha va hohishlaridadir. Uning sababi e`sa, Allohning Kitobi, rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlari va salaf solih yo`lidan uzoq bo`lishdir.Buning qarshisida e`sa, taassub, g`urur va «ahlussunna val-jamoa» ning haqiqat asosida birlashish va Allohning mustahkam arqonini ushlashni taqozo qiladigan e`tiqodini ushlamaslik bordir-ki, bu sabablar bilan ixtiloflar yo`qoladi. Biz ushbu da`vatimiz bilan islomiy harakatlar va da`vatchilarni o`zlaridagi salaf dasturiga nisbatan e`tiqodiy va sulukiy ixtiloflari bilan birlashishlariga chaqirmoqchi e`masmiz. Bundan Alloh saqlasin! Maqsadimiz, ularning barchasini haqiqat asosida birlashishlaridir. Haqiqat e`sa, Alloh ta`oloning Kitobi, rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlari va salaf solihning merosidir.
Musulmon do`stim, bilingki, Islom dinidagi asos – yaxlitlik hamda birlashishning farzligi va tarqoqlik va ixtilofning haromligidir. Bu asos musulmonlar o`rtasidagi do`stlik va birodarlik aloqalarini mustahkamlash, Alloh yo`lida sevish, e`tiqodiy birlik asosida tarqoqlik va ixtiloflarni tark e`tish hamda Qur`on Karim hukmlari va rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlari bilan xulqlanishga olib boradi. So`ngra e`sa qasd qilingan jamiyatni birinchi Islom avlodi ushlagan tarzda bo`lishini kafolatlaydi. Guruhbozlik va tarqoqlik e`sa buning ziddi bo`lib, jamiyatni vayron qiladi. Ularning samarasi Alloh yo`lidagi muhabbat va sadoqatli do`stlikning yo`qolib, o`rniga tor doiradagi guruhbozlik asosidagi do`stlik qoldiqlari qoladi, xolos. Bu bilan sharafga e`rishish mumkinmi?! Bu bilan da`vat va uyg`onish bo`lishi mumkinmi?!
Guruhbozlikning jirkanchli taassubi o`z sohibini haqiqatni o`z ahlidan olishdan bosh torttiradi. Chunki, u odam bu guruhning odamlaridan e`masda! Allohu Akbar!… Bunday lahzalarda shaxslar, ismlar va jamoatlar «nuri» ostida do`stlik va dushmanlik uchqunlari alanga oladi! Shayxulislom ibn Taymiyya rahimahullohni (Alloh rahmat qilsin), u: «Kim bo`lishidan qat`iy nazar, biror kishining hohishiga qarab so`z va harakatlarida do`st yoki dushman bo`lgan odam, dinlarini parchalab, guruhlarga bo`lingan kishilardan biridir» – dedi.
Alloh ta`olo ibn Taymiyyani rahmat qilsin. U bu so`zlarini go`yo bizning asrimiz uchun aytgandek. Zero, bugungi kundagi ko`plab islomiy guruh va jamoatlar yuqoridagi kabi holatdadir. Ular ba`zi shaxslarni o`zlari uchun yo`lboshchi qilib, ularning do`stlarini do`st, dushmanlarini dushman hisoblamoqdalar. Ularning bergan fatvolariga Allohning Qur`oni va rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga murojaat e`tmay, aytayotgan yoki berayotgan fatvolariga dalil va hujjatni so`ramay itoat e`tmoqdalar… Bunday dasturlar o`zgartish yoki musulmonlar saflarining yaxlitligi uchun asos bo`la olmaydi. Balki, ish bu yerda to`xtamadi. Jamoatlar jamoatlarni, guruhlar gurhlarni vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Yoshlar shayxga , shayxlar yo`lboshchiga aylandi. Shuning uchun ham islomiy harakatlarning son-sanoqligi tuzatish kerak bo`lgan kasallikdir. Musulmonlar odamlar uchun chiqarilgan ummat bo`lishlari va dinning barchasi Allohniki bo`lguniga qadar har bir musulmon bu ko`rinishni davolash oldida mas`uldir.
Biz biron bir guruh yoki shu guruhga mansub bo`lgan shaxslarni tanqid qilar e`kanmiz ijtihod va islomiy harakatlar birlashmasi tanqid qilinishi mumkin e`kani hamda u yuraklarni siqmasligini yaxshi bilamiz. Biz shuni e`lon qilmoqchimizki, bizning guruhbozlikni inkor e`tishimiz va yoqtirmasligimiz bir musulmonning ikkinchi yoki uchunchi bir musulmonga haq so`zni aytish, zolimning yo`lini to`sish yoki Islom ummatidan tajovuzni qaytarish uchun birlashishlarini rad e`tishni ifodalamaydi. Chunki, shar`iy hamkorlik va jiddiy islomiy harakatlar o`zgarmas asos va qoidalar bilan, loyiq bo`lgan odamlar uchun ochiqdir.
Da`vatchi do`stim, guruhbozlik tuzog`iga tushib, payg`ambaringiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam va uning sahobalarining dasturiga muxolif bo`lishdan e`htiyot bo`ling!
Agar guruhbozlik Islom ummati uchun tuzalmas kasallik e`kan, keling, «guruhbozlik» (hizb) so`zini Qur`on Karim qaerda va nima uchun iste`mol qilganini hamda bu so`zning ruhiy ta`sirlarini birgalashib ko`rib chiqaylik.
Guruhbozlik (hizbchilik)
Qur`on Karimda «hizb» (guruh) so`zi bir necha ma`noda izte`mol qilingan.
Birinchi: turli millat, mazhab va dindagi odamlar sinfi uchun. Alloh ta`olo dedi: «Har bir guruh o`zidagi narsa bilan quvonadi».
Ikkinchi: Shayton lashkarlari ma`nosida. Alloh ta`olo dedi: «Ular shayton guruhlaridir».
Uchunchi: Allohning lashkarlari ma`nosida. Alloh ta`olo dedi: «Ular Allohning guruhlaridir».
«al-Hizb» – e`tiqod, iymon, kufr, fisq, vatan, qabila, kasb va shunga o`xshash odamlar birlashishga odat qilishgan umumiy sifat va manfaatlar birlashtirgan odamlarning bir sinfi, demakdir. Bilingki, Qur`on Karimda «hizb» so`zi ikki marta iste`mol qilingan: Allohning hizbi (guruhi), Shaytonning hizbi (guruhi).
Allohning guruhining Muhammad sollallohu alayhi va sallam yuborilgan kunda qurilgan o`ziga xos dasturi bor. U dastur asosida Islom ummatining birinchi avlodi – salafi yurdi hamda yo`lboshchi va baxtiyor bo`lib yashadi. Shuning uchun ham Allohning guruhiga boshqa guruhlarni qoshgan kishilar Allohning guruhini parchalashga hissa qoshgan bo`ladilar.
Bu sizga ma`lum bo`lgan bo`lsa, shuni ham bilingki, Islomga mansub bo`lgan har bir jamoatning dasturi katta va kichik moddalarida rasululloh sollallohu alayhi va sallamning dasturi bilan shakllangan Allohning guruhiga zid bo`lsa, bu jamoat Alloh guruhining safidan chetda bo`lgan jamoatdir.
Demak, Allohning guruhini zaiflatadigan va uning dinning barchasi Allohniki bo`lguniga qadar keng qamrab olishiga imkoniyat bermaydigan jirkanchli va tor doirali guruhbozlikni tark qilish har bir musulmonning burchidir. Barcha aqlli kishilarga ma`lumki, har bir guruhning g`oyasi, dasturi, fikri, belgilari va guruhni shakllaydigan nazariyasi bo`ladi. Bu dastur guruh intizomi kelib chiqadigan va asoslanadigan asos o`rnida bo`lib, unga haqiqat deb ishongan hamda harakat va amal asosi qilib olgan har bir kishi shu guruhga qo`shilib, unga a`zo bo`lishi mumkin. Demak, dastur do`stlik, dushmanlik, birlik va tarqoqlikning asosi e`kan. Shuning uchun ham payg`ambarimiz sollalohu alayhi va sallamning dasturidan chiqish, uni o`zgartish, unga biron narsani qo`shish yoki undan biron narsani olish yoki qonunchilikda Allohga biron maxluqni sherik qilgan kishining holiga voylar bo`lsin!
Alloh ta`olodan barchamizni haqiqat uzra sobitqadam qilishini so`raymiz.
Guruhbozlik zanjirlari
Buyuk imomlardan Ayyub Sixtiyoniy rahimahulloh: «Ustozingning xatosini bilmoqchi bo`lsang, boshqalar bilan ham o`tirib ko`r!» degan e`di. Shuning uchun ham guruhbozlar o`zlariga e`rgashgan kishilarga boshqalar bilan birga o`tirish va boshqalarning fikrlarini o`rganishni ta`qiqlaydilar. Bu bilan o`zlarining yo`llariga zid va bid`atlarini to`sadigan narsalarni e`shitishni man qiladilar!! Ular bu harakatlari bilan tasavvuf tariqatlari hamda shayx va murid afsonalaridan namunalar oladilar. Shayxning muridlari oldiga qoygan shart (ahd) lari rasululloh sollalohu alayhi va sallamning qo`ygan shartlari oldida nima ham bo`la olar e`di! Siz guruhlarning shartlari, rasululloh sollalohu alayhi va sallam xabar berganlaridek, asossiz botil e`kanini yodingizdan chiqarmang: «Odamlarga nima bo`ldi? Ular Allohning kitobida bo`lmagan narsalar bilan shart qilmoqdalar. Allohning kitobida bo`lmagan shartlar, garchi yuzta bo`lsada, botildir. Allohning kitobi haqroq, Allohning sharti mustahkamroq va valiylik ozod qilgan odam uchundir».(Ibn Mojja rivoyati, sahih hadis) [Bu hadisning aytilisiga bir qissa sabab bolgan, bu uni keltiriladigan o’rin emas. Valiylik: bir necha turli boladi: bir kishining islomiga sabab bolsa yoki qullikdan ozod bo’lishiga sabab bolsa va hokazo… Bu erda aytilgan valiylik zikr qilinganning ikkinchisidir. Agar ozod qilingan kishi vafot qilsa, uning meroshori bolmasa valiysi unga meroshor boladi.]
Shar`iy ilmga e`tibor bermaslik ham guruhbozlik zanjirlaridan biridir. Chunki, ilm boshqa, gap boshqa. Zero, guruhbozlar o`z muridlariga oddiy diniy masalalarnigina o`rgatadilar. Masalan: «Namoz o`qi» deydilar. Biroq, namozning qanday o`qilishini o`rgatmaydilar. Balki, ularni «harakat ilmi», «harakat olimlari», mufakkir» va «harakatdagi odam» (faol) deb nomlashgan «ilm»gagina yo`llaydilar… Hatto, ummatni o`zining haqiqiy olimlari – shariat olimlaridan ayirdilar.Shariat olimlarini ba`zida voqe`ni tushunmaslik, kaltafahmlik va fikr torligi bilan aybladilar. (Chunki, shariat olimlari guruhbozlarning da`vatlari va harakatlariga qo`shilmadilar. Yoki gunoh ishlarni avvaldanoq ta`qiqladilar). Guruhbozlar buning oqibatida boshlang`ich ilmgagina e`ga bo`lgan kishilarni olimlar martabasiga ko`tarib, ularni «harakat olimlari» yoki «harakatdagi kishilar» yoki «da`vat va da`vat yo`nalishining yo`lboshchilari» deb atadilar. Har bir guruh o`zi uchun harakat dasturini tuzdi va ishlarni shu dastur asosida o`lchovga olmoqda. Shu dastur asosida shar`iy dalillarni ta`vil qilmoqda yoki rad e`tmoqda. Axir bu salaf solih dasturini halok qiluvchi g`urur va tom jaholat e`masmi?!
Guruhbozlikning musulmonlar jamoatiga zarari
Guruhbozlik ofat bo`lib, uning asosida do`st va dushman bo`lish Islom ta`qiqlagan – Alloh va rasululloh sollallohu alayhi va sallamga qarshi chiqishdir.
* Guruhbozlik – yoshlar qalbida guruhbozlik fikri bilan islomiy harakat o`rtasini mustahkam bog`laydi. Ya`ni amal faqat sen mansub bo`lgan guruh bilangina bo`ladi, deb tushuntiriladi.
* Guruhbozlik – Islomni bir qolipga solish va shu tarafdangina Islomga boqish, demakdir.
* Guruhbozlik – «musulmonlar» deb qo`yilgan nomga tersdir. Chunki, Alloh ta`olo: «U sizlarni «musulmonlar» deb atadi» – dedi.
* Guruhbozlik – o`ziga bo`lgan taassub sababli haqiqatni tanishdan pardalanish, demakdir.
* Guruhbozlik – islomiy birodarlikni yo`q e`tadi. Shuning uchun ham guruhbozlarning bir-birlari bilan uchrashuvlari maqsadlariga olib bormaydi. Chunki, birlarining dasturlari ikkinchilarinikiga to`g`ri kelmaydi.
* Guruhbozlik – birodarlik ostidagi birodarlikni vujudga keltiradi. Ya`ni guruhning dasturi va shiorlari ostida avval umumiy, keyin e`sa xususiy birodarlik bo`ladi.
* Guruhbozlik – jamoatlar o`rtasida bir-biriga yomon laqablar qo`yish, demakdir.
* Guruhbozlik – shaxslar haqida g`uluv ketish sababidir.
* Guruhbozlik – jamoat fikri va taqsimoti bilan yurib, boshqacha fikrlash yo`llari hamda tanqidqilishni to`sish, demakdir.
* Guruhbozlik – Islom Ummatining haqiqiy muammolaridan boshqa mavzular bilan shug`ullanish sababidir.
Guruhbozlikning ochiq zararlaridan biri, Alloh yo`liga bo`lgan da`vatning o`z bosqichlarida payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning uslublaridan chetga chiqishidir. Bu e`sa e`tiqodni kuchaytirish , dinni mukammal o`rganish yoki arab tilini yoyishni maqsad qilmaslikdir. Chunki, guruhbozlik da`vatlari fikr va rejaga asoslangan bo`lib, o`zidagi imkoniyatlar miqdoricha yashay olishi mumkin. Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning uslubidagi da`vat e`sa boqiy bo`lib, mujaddid (islomiy da`vat susaygan yoki yo`q bo`lgan paytda harakat qilgan)olimlarning o`limi bilan to`xtamaydi. Chunki, u Islom va payg`ambarlarning «La ilaha illalloh» ga qilgan da`vatlaridir.
Birlik guruhbozlikda e`mas, sunnatdadir!
Islom musulmonlarni boshqa har qanday nizom va dastur bog`lay olmaydigan kuchli va shu davrning o`zida nozik aloqa bilan bog`ladi. Zero, islomiy birodarlik – Islom dinidagi do`stlik va dushmanlik asosidir. Demak, musulmon tanisin, tanimasin, birisi mashriqda va birisi mag`ribda bo`lsin, musulmonning og`asidir.Quyidagi so`zlarni aytgan Sufyon Savriy rahimahullohni Alloh rahmat qilsin: «Mashriqda yoki mag`ribda bir kishining ahlussunna (sunnatga amal qilgan) e`kanining xabari yetsa, unga salom yo`lla va ularning haqqiga duo qil! Chunki, «ahlussunna val-jamoa» juda ham oz qoldi».
Allohu Akbar!…
Shugina «ahlussunna» (sunnatga amal qilgan) musulmonlarning bir-birlariga bo`lgan aloqalarining rabboniy dasturidir. Guruhbozlar va ularning aloqalarining shiorlari yoki do`stlik va dushmanlikni dastur-qoidalari asosiga qurayotgan, natijada e`sa musulmonlar saflaridagi ixtilof, bir-birlarini ayblash va da`vat manfaati yo`lida ba`zi narsalarni muboh sanash bo`lgan parchalovchi va bid`at dastur da`vatchilari Allohdan qo`rqsinlar!
Axir gunoh ishlarni qilish bilan qanday manfaatga e`rishish mumkin!
Sayyid Qutb rahimahulloh o`zining «Soyalari» (zilol) da da`vat manfaatlari haqida tillo suvlari bilan yozishga loyiq bo`lgan ushbu so`zlarni yozdi: «»Da`vat manfaati» degan so`z da`vatchilar qomusidan olinishi kerak. Chunki, bu so`z xorlik belgisi va Shaytonning darichasi bo`lib, U shaxslar manfaati tarafidan kelish qiyin bo`lgan bir paytda shu darichadan kirib keladi. Ba`zida da`vat manfaati butga aylanib, da`vatchilar unga da`vatning asosiy yo`nalishini unutganlarida sig`inadilar.Da`vatchilar da`vatning haqiqiy dasturida matonat bilan turishlari, intilishlari va intilishlarining natijasi nima bo`lsa bo`lsin, undan og`masliklari kerak.
Ba`zida bu harakatlarda da`vat va da`vatchilar uchun xatar bordek tuyulishi mumkin. Aslida e`sa, da`vatchilar e`htiyot bo`lishlari kerak bo`lgan yagona xatar – payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning da`vat uslubidan biron bir sabab bilan, hoh katta va hoh kichik bo`lsin, ajralishdir. Alloh da`vatchilardan ko`ra manfaatlarni yaxshi biladi. Ular manfaatni qanday bo`lsada olib kelish uchun majburlangan e`maslar. Balki, ular bir ishga – da`vatning (haqiqiy) dasturi va to`g`ri yo`ldan og`maslikka buyurilgandirlar».
Najot yo`li
Musulmon do`stim, bilingki, ushbu firqa, jamoat, partiya va guruhlarning barchasi katta kemalar oldidagi kichik qayiqchalarga o`xshaydi. Kichik qayiqchalar dengizda beqaror, katta kemalar e`sa barqarordir. Shuning uchun ham, Imom Molik rahimahulloh: «Sunnat Nuhning kemasidir. Unga mingan qutuladi, minishdan kechikkan g`arq bo`ladi» degan e`di.
Zuhriy rahimahulloh: «Barcha ulamolarimiz: «Sunnatni mahkam ushlash – najotdir» degan e`dilar»- dedi.
Avzoiy rahimahulloh: «Islom ahli e`mas, sunnat shli o`ladi. Hatto bir o`lkada ulardan bittasi qoladi»- dedi.
Hoy Allohning bandasi, bu yo`lda yurgan odamlarning ozligidan qo`rqmang! G`arib bo`lgan kunlaringizda umidingizni uzmang! Chunki, barcha qiyinchiliklar ortidan engilliklar keladi… «Ahlussunna val-jamoa» bilan birga bo`ling! Agar yolg`iz bo`lsangiz Abdulloh ibn Mas`ud raziyallohu anhuning: «Jamoat – haqiqatga uyg`un kishilardir, garchi tanho bo`lsangiz ham»- deb aytgan so`zlarini e`slang!
Risolamizning so`nggida shuni aytmoqchiman: «»Men islohnigina maqsad qildim. Mening muvaffaqiyatim Alloh bilanginadir. Men ungagina tavakkul qildim va qaytdim». Alloh ta`olo ushbu risolani e`shituvchi quloq va tushunuvchi qalblarga etishiga muyassar qilsin. Va so`nggi duomiz: «Barcha olamlar robbisi bo`lgan Allohga hamdlar bo`lsin»».
* * *