Бизга боғланинг
Қизнинг ота-онаси (никоҳдан кейин) тўйдан олдин қиз эри билан холи қолишига рози бўлишмаяпди
авол:
Nikohimni yaqinda oʻqitdim. Lekin toʻy bir necha oygacha qilinmaydi. Chunki kuyovim boshqa viloyatda oʻqiydi. Kuyovim biznikiga ziyoratga kelganida men u bilan uzoq vaqt birga oʻtirsam, ota-onamning jahllari chiqadi. Bu ish harom deyishadi. Biz nima qilayotganimizni kuzatib turishadi va agar men kuyovim bilan chiqib, uyga kech qaytsam ham jahllari chiqadi. Mening savolim: ota-ona farzandlarining ishlariga aralashishlariga Islom qanday qaraydi? Men ota-onamni hurmat qilaman. Lekin menimcha ular mening shaxsiy ishlarimni hurmat qilishmaganday boʻlayabdi. Yoki mening tushuncham noto’g’rimi?
Жавоб:
Allohga hamd boʻlsin! Agar kishi ayol bilan shar’iy nikohni oʻqitsa, u ayolning hamma narsasi: u ayolga qarash, u bilan birga xoli qolish, va u orqali lazzatlanmoq va shunga oʻxshagan barcha ishlar erga halol boʻladi. Lekin ayol uchun eriga itoat qilish farz boʻlmaydi. Shuningdek er zimmasiga ham ayol oʻzini unga topshirishidan oldin nafaqa qilish vojib boʻlmaydi. Bu ishlar bugungi kunda aksar odamlarning urfida toʻydan keyin boʻladigan narsadir.
Ba’zi ota-onalar nikoh bilan toʻy oʻrtasidagi muddatda qizlarini eri bilan xoli qolishini – nikoh oxiriga yetishiga toʻsqinlik qiladigan ba’zi ishlar boʻlishidan yoki er qizga qoʻshilib qoʻyganu, qiz bokiraligini yoʻqotgan holatida ajralish sodir boʻlib qolishidan yoki qiz eridan homilador boʻlib qolib, toʻy boʻlishi kechikkani sababli odamlar oldida homila boʻlgani oʻrtaga chiqib qolishidan va shunga oʻxshagan ota-onani uyatga qoʻyadigan ishlar boʻlishidan qoʻrqib – ma’qul deb bilishmaydilar. Shuning uchun ota-onaning hisobga olgan ishlari va ehtiyotkorliklari boʻlishi mumkin. Odatda bu ishlar qizga nisbatan – eriga boʻlgan xursandchiligiga chulg’anib turgan vaqtida – e’tiborsiz boʻladi. Shar’iy nikohdan keyin – agarchi toʻydan oldin boʻlsa ham – er-xotin bir-birlaridan lazzatlanishlari muboh boʻlsada, biroq ota-onaning xohishiga qarash va ular qoʻrqayotgan narsalarini inobatga olish kerak boʻladi. Shuningdek er ham qizning ota-onasining holatini tushunmoqligi va toʻy boʻlishi bilan mushkullar yechilib ketishini kutib, oilaviy ziyoratlar bilan imkon qadar kifoyalanmoqligi kerak boʻladi. Alloh taolodan oʻzlaring istagan yaxshi niyatlaringni berishini soʻraymiz! Alloh toʻgʻri yoʻlga boshlovchi zotdir.
Islom – savol va javob № 3215 Shayx Muhammad Solih al-Munajjid