Musofirlar uchun nasihat

    «Ahlussunna val-jamoa» kutubxonasi

    Bismillahir rohmanir rohiym

    Allohga hamdlar, Allohning e`lchisiga, uning oilasi, ashoblari va uni yaxshi ko`rgan kimsalarga salavot va salomlar bo`lsin.

    So`ng …

    Hoy jomadonlarini safar uchun hozirlagan do`stim, bir oz to`xtang. Aytingchi, bu safaringizdan nimani maqsad qildingiz?

    Agar niyyatingiz yaxshi bo`lsa, rasululloh sollallohu alayhi va sallamning quyidagi so`zlaridan xursand bo`ling: «Yaxshilikni maqsad qilgan, biroq, uni amalga oshira olmagan odamga Alloh o`z huzurida (shu narsa uchun) to`la bir yaxshilik yozadi» (Imom Buxoriy rivoyati).

    Agar niyyatingiz boshqacha bo`lsa, rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ushbu so`zlaridan e`htiyot bo`ling: «Dunyo to`rt nafar uchundir:

    1. Alloh molu dunyo va ilm bergan banda. U bu narsalarda robbisidan taqvo qiladi, qarindoshlik aloqalarini uzmaydi va bu narsalarda Allohning haqqi bor e`kanini biladi. Bu banda e`ng yuqori martabadadir.

    2. Alloh ilm bergan, biroq, molu dunyo bermagan banda. U sadoqatli niyyat bilan: «Agar mening molu dunyom bo`lsa e`di, falonchi kishilarning ishlarini qilgan bo`lar e`dim»- deydi. U o`z niyyati bilan birga va u bilan falonchining savoblari barobardir.

    3. Alloh molu dunyo ato e`tgan, biroq, ilm bermagan banda. U molu dunyosida bilimsiz va robbisidan taqvo qilmay harakat qiladi. yaqinlari bilan aloqada bo`lmaydi va molu dunyosida ular uchun haq bor e`kanini bilmaydi. Bu e`ng yomon martabadir.

    4. Alloh molu dunyo va ilm ato e`tmagan banda. U: «Agar molu dunyom bo`lsa e`di, (yomon ishlarni qilib yurgan) falonchi kabi amallar qilar e`dim»- deydi. U o`z niyyati bilan birgadir. U ikkisining gunohlari barobardir» (Imom Ahmad va Imom Termiziy rivoyati. Imom Termiziy bu hadisni «sahih» dedi).

    Agar siz o`z safaringiz bilan gunoh ishlarni qilish niyyatida bo`lsangiz, gunoh qilishingiz uchun o`zingizning yashab turgan yeringiz qulayroq e`masmi?!

    Agar gunoh ishlarni Alloh uchun tark qilsangiz, rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: «Yomonlikni niyyat qilgan va uni amalga oshirmagan odamga Alloh ta`olo o`z huzurida to`la bir yaxshilikni yozadi»- deb aytgan so`zlaridan xushxabar oling (Imom Buxoriy rivoyati).

    * Aziz do`srim va muhtarama singlim, Shayton karvonida yurgan falonchi va falonchilardek bo`lishni orzu qilmang va «niyyat amal etib bormagan yerlarga yetib borishidan» xabardor bo`ling.

    Siz qaysi safarni tanladingiz?

    Safarlar uch turlidir:

    1. Maqtovga sazovor yoki farz bo`lgan haj, ilm izlash va kufr o`lkasidan Islom o`lkasiga hijrat qilish kabi safarlar.

    Yoki yaqin qarindoshlar va ulamolarni ziyorat qilish kabi mustahab safarlar.

    Yoki birovlarga muhtoj bo`lishdan qutilish uchun molu dunyo orttirish uchun chiqish kabi muboh safarlar.

    2. Vabo taqalgan o`lkalardan (bunda har qanday niyyat inobatga olinmaydi) kabi makruh safarlar.

    3. Fasodni maqsad qilish yoki ota-onasiga oq bo`lgan kimsalarning safar qilishlari kabi mazammatli safarlar.

    Ba`zi ulamolardan: «Eng afzal safar qanday bo`ladi?»- deb so`ralganida: «Dinga yordam bergani»- deb javob berganlari rivoyat qilingan.

    Siz o`zingizni muhojirlar chodirlariga dindor do`stlariga yordam berish, harakatlari va vaqtlarini Allohning roziligi va musulmonlar manfaati uchun sarf e`tayotgan kishilarga taqqoslab ko`ring.

    Siz o`zingizni Afrikadagi och va yo`qsillarga molu dunyosini Alloh uchun sarf e`tishga otlangan kishilar bilan taqqoslab ko`ring.

    Siz o`zingizni Alloh yo`liga da`vat, Islomni yoyish, jaholat, shirk va zalolat kishanlarini parchalash uchun otlangan kishilarga taqqoslab ko`ring. Siz u solih kishilar bilan birga yutuqlarga e`rishsangiz koshki e`di!!

    Safardagi hamrohlaringiz kim?

    Hoy musofir, safarlarga yolg`iz chiqish yaxshi e`mas. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar odamlar yolg`izlik haqida men bilgan narsalarni bilsalar e`di, otliq kechasi yolg`iz yurmagan bo`lur e`di»- dedilar. Chunki, yolg`izlikning din va dunyoda ko`p zararlari bor. Masalan: jamoat namozlaridan mahrum bo`lish, qo`rquv ostida qolish, xatarlarga ro`baro` bo`lish, qarindoshlar va do`stlarning yo`qligi va h.k.

    Hamrohlarni tanlash uchun rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ushbu so`zlari etarlidir: «Solih va yomon do`stlarning misoli mushk anbarni tashuvchi va bosqonga dam uruvchi kishilarga o`xshaydi. Mushkni tashigan odam yo sizni jalb qiladi yoki siz undan mushkni sotib olasiz va yoki (hech bo`lmasa) undan shirin hidni topasiz. Bosqonchi (e`sa) yo kiyimingizni yoqib yuboradi yoki undan sassiq hidni topasiz» (Muttafaqun alayh, ya`ni, hadisning sahih e`kaniga Imom Buxoriy va Imom Muslim qaror qildilar).

    Siz qiyomat kuni: «Koshki falonchi bilan do`stlashmasam! U meni etib kelgan zikrdan adashtirdi. Shayton insonni yordamsiz tashlab qo`yadi» (Furqon: 28)- deb aytib qolishingizdan saqlaning.

    Siz rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kishi do`stining dinida bo`ladi. har biringiz do`stlashgan kishisini bilsin»- dedilar (Imom termiziy rivoyati. U bu hadisni «hasan» dedi).

    Siz soxta qiymat va yolg`onchi maqtovlardan e`htiyot bo`ling. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bir odam haqida: «Uning aqliga, go`zalligiga va zarofatiga qarang!» deyiladi. Biroq, uning qalbida zarracha ham iymon yo`qdir»- dedilar (Muttafaqun alayh).

    Kofirlar yashayotgan o`lkalar yoki fisqu fujur va ayollarning ochiq-sochiq yurishlari hukmron bo`lgan musulmon o`lkalarga sayohat yoki kezish uchun safarlarga chiqishning Islom dinidagi hukmi

    Shayx Abdulloh ibn Jubrin hafizahulloh shunday deydi: «Agar safardan maqsad, faqatgina, aylanib, yozilib kelish bo`lsa, bu safar makruhdir va fitna va xatarlarning ko`pligi sababli bu safarga chiqmaslik kerak. Agar maqsad da`vat, ta`lim, Islom dinini yoyish, nasihat yo`llash bo`lsa, bizningcha bu safar mustahabdir. Va Islom an`analarai va go`zallilarini k`orsatish, Islomdan chiqqan va Islomga muxolif bo`lgan kishilarga raddiya berish uchun chiqilgan safar savoblidir.

    Agar safar tijorat va sarmoyani o`stirish uchun bo`lsa, dinni izhor qilish va Islom ta`limotlariga mala qilish sharti bilan karohiyatsiz joizdir. Biroq, safaringizda Islom ta`limotlariga amal qila olmasangiz, masalan: soqollarni qirish, namozlarni jamoat bilan o`qimaslik, jamoat bo`la turib ozon va takbirni aytmaslik, ba`zi shar`iyishlardan voz kechish yoki mushriklar qilayotganidek qabrlarga ibodat qilish kabi ishlarni qilsangiz yoki qabrlarga atab hayvon so`ysangiz, bu safaringiz, garchi tijorat uchun bo`lsada, haromdir» (al-Mufiyd fiy taqribi ahkamil-musafir»: 119).

    Kofirlar yashayotgan o`lkalarga safar qilishning oqibatlari

    Shayx Abdulaziz ibn Boz (rahimahulloh) shunday dedi: «Alloh ta`olo: «(Kofirlar) sizlarni, agar qodir bo`lsalar, iningizdan qaytargunlariga qadar sizlarga qarshi urush qiladilar»- dedi. Kofirlarning musulmonlarga qarshi dushmanliklarini baton qilgan oyatlar juda ham ko`p. Bu oyatlardan maqsad, kofirlar musulmonlarga qarshi bo`lgan maqsadlariga e`rishish uchun imkonlarida bo`lgan barcha yo`llarga kirib ko`radilar. Ularning bu to`g`rida xilma-xil uslublari, oshkor va yashirin metodlari bor. Bulardan biri, ba`zi sayohat va turizm muassasalari ta`til kunlari musulmnolarning farzandlari ta`tillarini Evropa va Amerika qit`alarida til o`rganish ma`qsadi bilan o`tkazishlariga da`vat qiladigan nomalar tarqatib, sayyohlarning barcha vaqtlari uchun dasturlar tuzmoqdalar. Bu nomalar bir necha xatarli maqsadlarni ro`yobga chiqarishni maqsad qilmoqda. Shulardan:

    1. Musulmon yoshlarni adashtirish.

    2. Axloqni buzish va fasodning barcha turlari uchun qulaylik yaratish bilan razolat botqog`iga botirish.

    3. Musulmonni o`z e`tiqodi haqida shubhalantirish.

    4. Kofirlar madaniyatiga bo`lgan muhabbat va hayratni tug`dirish.

    5. Musulmonni kofirlarning an`analari va yomon odatlari bilan xulqlanishga odatlantirish.

    6. Islom dini hamda Islom odobi va buyruqlariga e`tiborsiz bo`lishga odatlantirish.

    7. Ushbu safarlaridan qaytganlari va kofirlarning an`analari va turmush tarzlariga qonganlaridan so`ng, kofir o`lkalarga sayohat qilish uchun musulmon yoshlarni safarbar qilish.

    Men o`quvchilarning yaqinlariga o`z farzandlarini himoya qilishlari, yuqorida eytib o`tganimdek, dinlari, axloqlari va vatanlariga zararli bo`lgan fasodlar va zararlar bo`lgani uchun kofir o`lkalarga safar qilishlariga ruxsat bermasliklariga nasihat qilaman» (Dalilul-musafir»: 52, 53).

    Har kim e`kkanini o`radi

    Jigarpora o`g`illari va qizlarini gunohlar o`lkasiga safar qilishga o`rgatgan kimsaning holiga voylar bo`lsin! Ularning farzandlarining asosiy vazifalari safar qilish bo`lib qoldi. Ta`til kunlari kelmaydi hamki, ular ota-onalarini savollarga ko`mib, kofir o`lkalarga safar qilishga ishtiyoqlari ortmoqda.

    Hoy siz farzandlarining qalbini gunohlar o`lkasiga safar qilishga o`rgatgan kimsa, yoshingiz qarib, farzandlaringizdan ajratib qo`yadigan kasallikka mubtalo bo`lsangiz va ular sizni tashlab ketsalar, bu dunyo e`kkan narsalaringizni o`zingiz o`rib olasiz! Oxiratda e`sa Allohning huzurida sizni: «Har biringiz etakchi qo`li ostidagi kimsalardan javobgar e`di»- deb so`roqqa tutilgan paytda, javobingiz farzandlaringizni chiroyli tarbiya qilishda sustlik qilganingizdan boshqasi bo`lmaydi. Oxiratda o`radigan narsangiz rasululloh sollallohu alayhi sallamning: «Kishining martabasi qiyomat kunida yuksaladi va u: «Bu menga qanday berildi»- deb so`raydi. Unga: «Farzandingning senga qilgan istig`fori sababli»- deb javob beriladi»- deb aytgan so`zlaridan ziyon ko`rgan kishi bo`lishingizdir.

    Zimmasiga omonat qo`yilgan narsasiga rioya qilgan kishining qilgan narsalarining hosilini naqd ko`rgan paytlarida tabriklar bo`lsin!

    Bu so`zlar faqatgina xotin-qizlar uchun

    Ayollardan biri tayyuoraga chiqib, hijobini chiqardi. Unga bir do`stimiz hijobini chiqarmaslik haqida nasihat qilganida: «Tayyorada ham otin oyi bo`laymi?!»- dedi.

    Singlim, bu ayol nega hijob liyganini bilibdimi? U hijobni odat va o`zi mansub bo`lgan jamiyatning odatlariga bo`yinsunish hamda bu jamiyatdan ajraganim zamon hijobni echa olaman, deb o`ylamoqda.

    U rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: «Ummatimning ikki toifasi jahannamdaddir va men ularni k`ormadim…. va yarim yalang`och, boshqalarni o`ziga jalb qiladigan, e`shilib yuradigan, boshlari tuyaning e`gilgan o`rkachlari kabi ayollar. Ular jannatga kirmaydilar va jannatning hidini ham bilmaydilar. Holbuki, jannatning hidi falon, falon masofadan kelib turadi» (Imom Muslim rivoyati)- deb aytgan hadislarida nazarda tutgan ayollardan e`kanini biladi. Biroq, uning barqarorligi bo`lmaydi.

    Singlim, siz hijoblanishingiz kerak. Chunki, sizni yaratgan va sizga rizq bergan Alloh ta`olo: «Hoy payg`ambar, rafiqalaringiz, qizlaringiz va mo`minlarning rafiqalariga ayting, julboblarini ustlariga tashlasinlar» (Ahzob:59)- deb amr qilmoqda. (Julbob – ayollarning boshlari, kuraklari va elkalarini o`rab turadigan katta ro`mol).

    Siz har erda hijoblanishga buyurilgansiz. Chunki, siz qaerga ketmang Allohning mulkidasiz. Modomiki, Allohning mulkida e`kansiz, uning amrlariga itoat e`tishingiz kerak.

    Xotin-qizlarning mahramsiz safarga chiqishlari

    Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xotin-qizlarni mahramsiz safar qilishlarini ta`qiqladilar. Abdulloh ibn Mas`ud raziyallohu anhu dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Ayol o`z mahrami bilangina safar qilsin. Ajnabiy e`rkak (begona) ayolning huzuriga mahrami bo`lsagina kirsin» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati)

    Musulmonlarning kirishlari ta`qiqlangan yerlar

    (Teatr, e`rkak va xotin-qizlar aralashib yuradigan yerlar, qahvaxonalar, kino …)

    Agar siz bu yerlarning biriga kirmoqchi bo`lsangiz, kirishdan avval o`zingizga ushbu sabvollarni berib ko`ring:

    – siz u yerda sizga Alloh ta`oloni e`slatadigan yuzlarni ko`rasizmi?

    – siz u yerda turganingizda boshingizga o`lim kelishini hohlaysizmi?!

    – farzandingiz u yerlarga kirsa sizga yaxshilik qilish va itoatni o`rganadimi?

    – farzandingiz u yerlarga kirsa fazilat va chiroyli axloqni o`rganadimi?!

    – amal nomalaringizga sizning o`sha yerlarga kirganingiz yozilishini yaxshi k`orasizmi?!

    Sizning o`ng va chap taraflaringizda amallaringizni yozib turadigan kotiblar borligini unutmang!

    Keyin e`sa Alloh ta`oloning: «Darhaqiqat, quloq, ko`z va qalb: bularning barchasi haqida so`raladi» (Isro`: 36) oyatini e`slatmoqchiman.

    Mast qiluvchi ichimliklarni ichish va giyohvandlik moddalarini iste`mol qilish

    Safarga otlangan do`stim, barcha iflosliklarning onasi va razolatga etaklovchi mast qiluvchu ichimliklarga yaqinlashmang va Alloh ta`oloning: «Hoy mo`minlar, aro`, qimor, tosh va yoylar bilan fol ochish, Shaytonning ishlaridan bo`lgan ifloslikdir. Undan uzoq bo`lingar, shoyad najot topsangizlar» (Moida: 90) oyatini e`slang.

    Mast qiluvchi ichimliklrani ichishga mukkasidan ketishga e`htiyot bo`ling. Chunki, uning boshlanishi birinchi qadahdir!

    – Siz rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tillarida la`natlanishni hohlaysizmi?!

    – Siz so`roqqa tutilgan paytda rasululloh sollallohu alayhi va sallam mast qiluvchi ichimliklarni ichgan kishilar uchun va`da qilgan «tiynatul-hibal» ga toqat qila olasizmi? Sahobalar: «Tiynatul-hibal» nima deb so`raganlarida, rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «U jahannam ahlining tomiri yoki jahannam ahlining yiringlari»- deb javob berdilar (Imom Muslim rivoyati).

    Qimor

    Pul banknotlarini olib, axlat idishlariga otgan kishini ko`rgan vaqtingizda, uning aqlsiz e`kanida shubha qilmaysiz. Menimcha, siz mening fikrimga qo`shilsangiz kerak. Chunki, u odam pullarning qiymati va foydasini bilmaydi. Bilingki, shu toifadagi k`plab odamlar bor. Ular o`zlarining butun aqllari bilan shu yo`ldan foydalanadilar. Balki, bundan lazzat oladilar.

    Qimor o`ynayotganlar shu toifadan e`masmi?

    Yo`qm ular bundan ko`ra aqlsizroqdirlar. Chunki, ular mol zarari va oxirat jazosi o`rtasini dunyoning safohati va oxiratning azobi o`rtasini birlashtirmoqdalar… Alloh bizlarga bu boyliklarni o`ta muhim vazifani o`tash va bu dunyoda ozuqa bo`lishi uchun berdi. Nahotki, biz shunchalar loqayd bo`lsak!!

    Bu so`zlar aqllilar uchun

    Siz falonchi e`rkak va ayol xonandalarning qo`shiqlarini tinglaysiz. Menimcha, sizga qo`shiqlarni tinglash harom e`kanini bayon qilishimga hojat bo`lmasa kerak. Chunki, Alloh ta`olo shunday degan: «Ba`zi odamlar bilimsiz ba`zi behuda so`zlar (qo`shiqlar) ni Allohning yo`lidan adashtirish va masxara qilish uchun sotib oladi. Ularga xo`rlovchi azob bordir» (Luqmon:6).

    Rasulullohu sollallohu alayhi va sallam: «Ummatimning ichidan zino, aroq va cholg`u asboblarini halol sanaydigan kimsalar chiqadi»- dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

    Siz mening: «Barcha qo`shiqlar sevgi, mahbubaga etishish va zinoga yo`llaydi»- desam so`zlarimga qo`shilasizmi?!

    Do`stim, siz qo`shiqlarni e`shitgandan so`ng, ishsiz odamning ish uchun shoshilganini ko`rdingizmi?

    Do`stim, siz o`z ota-onasiga oq bo`lgan kimsaning qo`shiqlarni e`shitganidan so`ng, ota-onalariga yaxshilik qilganini e`shitdingizmi?!

    Dostim, siz darslarida qoloq bo`lgan o`quvchining qo`shiqlarni e`shitganidan so`ng muvaffaqiyatga e`rishganini e`shitdingizmi?!

    Allohga osiy bo`lgan kimsaning qo`shiq e`shitganidan so`ng tavba qilib, gunohlardan voz kechganini e`shitdingizmi?

    Xonandalarning ishlari asosiga barpo bo`lgan biron bir xalqni k`ordingizmi?!

    Song…

    Sizning bu safaringizdan maqsad nima?

    Agar haqiqatan ham bu safaringizdan sovuq mintaqalar, jozibali manzaralar va yam-yashil yerlarni niyyat qilgan bo`lsangiz, Allohga hamdlar bo`lsinki, aziz diyorimizda ham bunday joylar ko`p. Agar nayyatingizda sodiq bo`lmasangiz, shoirning ushbu so`zlariga quloq soling:

    Gunohu ma`siyat-la quvondingmi?

    Dahshatli qiyomatni unutdingmi?

    Goho: «Bo`sh vaqtim va ta`tilimni qayerda o`tkazsam e`kan»- deb deb savol berib qolarsiz.

    Do`stim, ba`zi odamlar ta`tilni o`yin-kulgu vaqti, uni tartiblash va undan foydalanich ta`til nizomiga to`g`ri kelmaydi, deb o`ylaydilar.

    Do`stim, ularning vaqtni muammo va intiqom deb tushunishlarida men bilan hamfikrmisiz?

    Do`stim, bu dunyodagi umringiz daqiqa va soniyalardan iborat. Buning ma`nosi e`sa, ketgan har bir daqiqa sizni dunyodan uzoqlashtirib, oxiratga yaqinlashtirmoqda. Foydasiz ot`ayotgan har bir daqiqa e`sa, siz uchun ziyon va halokatdir… goho siz ba`zi mollaringizda zarar ko`rsangiz, keyin qaytarib olishingiz mumkin. Goho bir narsani yo`qotsangiz, uni qayta topib olishingiz mumkin. Biroq, o`tkazgan vaqtingizni hech qachon qaytarib ololmaysiz!!

    Nega siz bu vaqtlarni:

    – Qur`on o`qish va yodlangan oyatlarni takrorlash;

    – solih kishilar, qarindosh-urug`lar, qabrlar va kasalxonalar (qaroyalar uyi, nogironlar uyi) ni ziyorat qilish;

    – Alloh uchun da`vat qilib qishloq va nohiyalarga chiqish;

    – yordamlarni etkazish uchun faqir o`lkalarga safar qilishda o`ykazmaysiz?!

    Musofirlar uchun muhim yo`llanmalar

    1. Istixora qiling (Alloh ta`olodan yaxshilikni so`rang).

    Chunki, Alloh ta`olo o`zidan yaxshilkini so`ralgan paytda tinchlik va omonlikni beradi.

    2. Safarga chiqish niyyatingiz aniq bo`lsa, tavbadan boshlang.

    Odamlardan qilgan zulmingiz uchun kechirim so`rang. Zimmangizdagi qarzlarni bering. Bera olmasangiz, qarz bergan odamdan safarga chiqisg uchun izn oling.

    3. Ota-onangizning roziliklari va safarga chiqishingizga bo`lgan iznlarini so`rang.

    4. Hamrohlaringiz uchtadan kam bo`lmasin.

    Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning safarlaridagi odatlari va yo`llanmalari

    Risolamizning so`nggida rasululloh sollallohu alayhi va sallamning safardagi odatlaridan ba`zi iqtiboslarni ketirmoqchimiz.

    Rasululloh sollallhou alayhi va sallamning safarlari to`rt turli e`di: hijrat, jihod (ko`proq safarlari), umra va haj safarlari;

    – safarga payshanba kuni e`rtalab chiqish;

    – safar uchun hozirlangan ulov (yoki transport( ga minilganidan so`ng duo qilish, balandliklarga ko`tarilar e`kan takbir, balandlikdan pastga tushar e`kan tasbih aytish;

    – safardan k`ozlangan maqsadlarga e`rishilganidan so`ng orqaga tezda qaytish va uyga tunda kirmaslik;

    – safarga chiqilgan to`rt rakaatli namozlarni qasr qilib o`qish, ramazon oyida og`izning ochiq bo`lishi.

    Xorijga safar qilayotgan kishilar uchun muhim fatvolar

    Savol: Kofirlar diyoriga yoki fasod va gunohlar ochiq yoyilgan musulmonlar o`lkasiga safar qilayotgan ba`zi kimsalar rafiqalarining yuzlarini, ba`zida sochlarining bir qismini: «Bu yerda bizni hech kim tanimaydi» degan mulohaza bilan ochilishiga e`tibor bermaydilar. Agar ularga nasihat qilinsa: «Agar rafiqam to`la o`ranib olsa, odamlarning diqqatini tortadi»- deydi. Buning Islom dinidagi hukmi nima?

    Javob: Uning ishi xato va johillikdir. U, garchi begona yurtlarga bo`lsa ham, rafiqasiga yuzi, sochlari, oyoqlari va boldirlarini ochmaslikka, balki, u yerlarni o`rashga buyurishi kerak. Safarga chiqishi uni rafiqasini o`ranishga va imkoni qadar hijoblanishga buyurishdan to`smasligi kerak. Biroq, ba`zi davlatlarda, hatto, islom davlatlarida ham, hijobli xotin-qizlarni ta`lim olishlariga hijobli bo`lganlari uchun mone`lik qilmoqdalar. Hijoblilarni har yerda yomon qilib ko`rsatmoqdalar. bu davlatlardagi hijobli xotin-qizlar yuzlarini yoki yuzlarining ba`zi qismlarini zarurat paytida ochishlari mumkin. Biroq, butunlay hijobni tashlashga haqlari yo`q.

    Shayx Abdulloh ibn Abdurrahmon Jubrin

    Savol: Ba`zi oilalalr madaniyat va taraqqiyotni da`vo qilib, qizlarini xorijga tanho yuboradilar. Buning Islom dinidagi hukmi nima?

    Javob: Bu hech ham joiz e`mas. bu gunohlar oldidagi g`ayrat va rashklar qaerda? Ular qizlarini hamiyati bo`lmagan kofir e`rkaklar tarbiya qilib berishi uchun jo`natayaptilarmi? Unday otalar qizlaridan mas`ul e`kanlarini unutmasinlar! Agar qiz yolg`iz o`zi ketmoqchi bo`lsa, uning bu ketishi haromdir. Chunki, u mahramsiz ketmoqda. U ajnabiy e`rkaklar qo`lida hayosizlik, undan yoki u bilan fitnalanish kabi fitnalar bilan yuzlashishi mumkin. Bundan tashqari qizning o`zi ham shubhalar fitnasidan o`zini himoya qila olmaydi.

    Shayx Abdulloh ibn Abdurrahmon Jubrin

    Ислом Нури
    Ислом Нури

    Ислом Нури ўзбек тилидаги Исломий аҳлуссунна веб саҳифаси

    Articles: 1963