«Ahlussunna val-jamoa» kutubxonasi
    Musulmon do`stim, dushmaningizni bilasizmi?

    Bismillahir rohmanir rohiym

    Allohga hamdlar, rasululloh, uning oilasi, sahobalari va uni do`st tutgan barcha kishilarga salavot va salomlar bo`lsin.

    So`ng …

    Shayton va inson qissasi Odam alayhissolatu vassalom bilan boshlandi va qiyomat kuniga qadar davom e`tadi. Bu qissa – otamiz Odam alayhissolatu vassalom bilan boshlangan, uning vafotidan so`ng e`sa zurriyotiga qarshi davom e`tgan kuchli adovatdir. Alloh va uning rasuli Muhammad sollallohu alayhi va sallam bizlarni Shayton va Shaytonning bizlarga qarshi adovatidan ogohlantirdilar hamda uning tuzoqlari va makrlariga tushib qolishdan qo`r`itdilar. Alloh ta`olo dedi: «Shayton sizlarga kambag`allikni va`da qiladi va hayosizlikka buyuradi. Alloh e`sa sizlarga o`zi tarafidan mag`firat va marhamatni va`da qiladi. Alloh karami keng va bilguvchi zotdir»; (Baqara: 268)

    «Hoy mo`minlar, barchangiz tinchlikka kiringiz va Shaytonning rejalariga e`rgashmangiz. Shayton sizlarning ochiq dushmanlaringizdir»; (Baqara: 108)

    «… Shayton misoliga o`xshaydi. Shayton insonga: «Kofir bo`l!» deydi va u kofir bo`lganidan so`ng: «Men sendan bezorman. Men barcha olamlar robbisi bo`lgan Allohdan qo`rqaman» deydi». (Hashr: 16)

    Musulmon do`stim, biz ushbu nomada sizga Shaytonning umumiy ta`rifini: uning sifatlari, tuzoqlari, hiylalari va insonga qanday g`olib bo`lishini Allohning kitobi va rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlaridan iqtibos qilib bayon qilmoqchimiz. Toki barchamiz Shaytondan saqlanish va unga g`olib bo`lish yo`lini olaylik.

    Alloh ta`olodan, ushbu noma bilan musulmonlarga, o`zlarining solih ajdodlari sahobalar, tobiinlar va ularga qiyomat kuniga qadar e`rgashgan barcha kimsalarning yo`liga, Allohning quyidagi so`zlariga muvofiq tarzda qaytishlarida, manfaatli qilishini so`raymiz. Alloh ta`olo dedi: «Sizlar xalqlar uchun chiqarilgan, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradigan va Allohga iymon keltiradigan xayrli millat bo`ldingiz». (Oli Imron: 110)

    Shayton hujumkor dushmandir.

    Shayton o`zining yaralishidagi yomonligi, kibri va insonga bo`lgan adovatidan kelib chiqqan shafqatsiz urushni e`lon qildi va urush uchun Alloh ta`olodan izn oldi. Alloh ta`olo, o`zi bilgan hikmat uchun, unga ruxsat berdi. Shayton o`zining va`dalarini ijro e`tib, Allohning bandalarini xo`rlay boshladi. Alloh ta`olo dedi: «(Shayton): «Robbim, menga qiyomat kuniga qadar muhlat ber» dedi. (Alloh): «Senga belgilangan kunga qadar muhlat berildi» dedi. (Shayton): «Robbim, meni adashtirganing uchun u (banda)larga Yer yuzida (ko`p narsalarni) ziynatli qilib k`orsataman va ularning barchasini adashtiraman» dedi». (Hijr: 36 – 39)

    Shayton mutakabbirdir.

    Alloh ta`olo dedi: «(Biz) farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar!» dedik. Ular sajda qildilar. Faqat, Iblis (sajda qilishdan) bosh tortdi va kibr qildi». (Baqara: 34)

    Shayton kambag`allikni va`da qiladi va hayosizlikka buyuradi.

    Alloh ta`olo dedi: «Shayton sizlarga kambag`allikni va`da qiladi va hayosizlikka buyuradi». (Baqara: 268)

    Shayton Alloh haqida bilimsiz so`zlarni aytish va bahs qilishni qo`zg`aydi.

    Alloh ta`olo dedi: «Odamlarning ba`zilari Alloh haqida bilimsiz bahs qiladi va adshtiruvchi Shaytonga e`rgashadi». (Haj: 3)

    Shayton mo`minlar o`rtasida adovatni qo`zg`aydi.

    Alloh ta`olo dedi: «Bandalarimga ayting: «Chiroyli so`zlarni so`zlasinlar. Chunki, Shayton ular (o`rtasidagi muhabbatni) tortib oladi. Darhaqiqat, Shayton insonning dushmanidir». (Isro`: 27)

    Rasululloh sollalohu alayhi va sallam: «Shayton (Arab) yarim orol(i)da o`ziga namozxonlar ibodat qilishlaridan noumid bo`ldi. Faqat, ular o`rtasida adovat qo`zg`ashdan noumid bo`lmadi»- dedilar. (Imom Muslim rivoyati)

    Shayton isrof qiluvchi kimsalar bilan birgadir.

    Alloh ta`olo dedi: «Isrof qiluvchi kimsalar Shayton bilan birgadirlar». (Isro`: 27)

    Barcha narsada isrofga yo`l qo`ygan kimsadan Shayton ajramaydi.

    Shayton narsalarni o`z nomidan boshqa nomlar bilan nomlaydi.

    Alloh ta`olo u haqida shunday dedi: «(Shayton): «Hoy Odam, men senga abadiylik daraxti va bitmas-tuganmas boylikni ko`rsataymi?» dedi». (To-ha: 12)

    Shayton (Odam alayhissolatu vassalomning yaqinlashishi) ta`qiqlangan daraxtni «Abadiylik daraxti» deb aytdi. Aslida e`sa u daraxtning nomi boshqa e`di.

    Shaytonning Qur`oni – qo`shiq (ashula) dir.

    Alloh ta`olo dedi: «Ovozing bilan o`zing hohlagan kimsani tebrantir». (Isro`: 64)

    Shubhasiz, Shaytonning tovushi – qo`shiqdir. Shaytonning qurollari – cholg`u asboblaridir. Shayton ular bilan qancha-qancha odamlarga hiylalar qildi. Allohning o`zi bizga yordam bersin!

    Shayton Allohning yaratgan narsalarini o`zgartishga buyuradi.

    Alloh ta`olo dedi: » Albatta, men ularga buyruq beraman va ular albatta, Allohning yaratgan narsalarini o`zgartadilar». (Niso: 119)

    Shayton chap qo`li bilan yeydi, chap qo`li bilan ichadi, chap qo`li bilan oladi va chap qo`li bilan uzatadi.

    Rasululloh sollalohu alayhi va sallam dedilar: «Sizlarning biringiz o`ng qo`li bilan yesin, o`ng qo`li bilan ichsin, o`ng qo`li bilan olsin va o`ng qo`li bilan uzatsin (bersin). Chunki, Shayton chap qo`li bilan yeydi, chap qo`li bilan ichadi, chap qo`li bilan uzatadi (beradi) va chap qo`li bilan oladi». (Abu Dovud rivoyati, sahih hadis)

    Shayton namozlarni jamoat bilan o`qimaydigan kishilarga hokim bo`lib oladi.

    Rasululloh solallohu alauhi va sallam dedilar: «Sahro yoki qishloqda bo`lgan uch kishi namozni o`rtalarida to`kis ado e`tmas e`kanlar, Shayton ularga hokim bo`lib oladi. Bas, jamoatni lozim tutinglar! Chunki, bo`ri ham chetda qo`lgan qo`yni yeydi». (Abu Dovud rivoyati, sahih hadis)

    Shayton namoz o`qiyotgan kishining yoniga keladi.

    Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Shayton sizlardan biringiz namoz o`qiyotgan paytda kelib, vasvasa qiladi va u qancha namoz o`qiganini bilmay qoladi. Qaysi biringiz shu holatda qolsa o`tirgan holatida, salom berishdan avval, ikki sajda qilsin va salom bersin». (Abu Dovud rivoyati, sahih hadis)

    Shayton namozxonlarning namozdagi saflarida bo`sh qolgan bo`shliqlarga kirib oladi.

    Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Saflarni tekis qilinglar. Chunki, sizlar farishtalarning saflari bilan safga tizilasizlar. Elkalarni bir-biriga tekkizinglar, oraliqlarni to`ldiringlar. Shayton uchun bo`sh yerni qo`ymanglar. safga etishgan kishiga Alloh etishadi. Safni uzgan kishini Alloh azza va jalla uzadi». (Abu Dovud rivoyati, sahih hadis)

    Shayton aka-ukalarning qalblarida bir-birlariga bo`lgan nafratni qo`zg`aydi.

    Yusuf alayhissolatu vassalomga bo`lgan akalarning adovati kabi. Alloh ta`olo Yusuf alayhissolatu vassalomning tilidan shunday dedi: «Shayton men bilan og`alarim o`rtasida vasvasa qilganidan so`ng…». (Yusuf: 10)

    Shayton tushungizda siz yoqtirmagan narsalarni ko`rsatadi.

    Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Biringiz o`zi sevgan tushni ko`rsa, Allohga hamdlar aytsin va bu tushni so`zlab bersin. Agar bundan boshqa, o`zi yoqtirmagan tushni ko`rsa, bu tush Shaytondandir». (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari, sahih hadis)

    Shayton uyqudagi odamning boshiga uchta tugun tugib qo`yadi.

    Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Shayton sizlardan biringizning boshiga, uxlagan paytida, uchta tugun tugib qo`yadi. Har bir tugunga e`sa: «sening ustingda uzoq kecha bor»- deb dam dam soladi. U agar uyg`onib Allohni yod qilsa, bitta tugun yechiladi. Tahorat qilsa, ikki tugun yechiladi. Namoz o`qisa, barcha tugunlar yechiladi va u faol, qalbi toza holatida tong ottiradi. Bo`lmasa, yalqov va qalbi buzuq holatida tong ottiradi». (Imom Muslim rivoyati)

    Shayton jamoatdan uzoq bo`ladi.

    Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Sizlardan biringiz jannat kengliklarini hohlasa, jamoatni lozim tutsin. Chunki, Shayton yakka qolgan kishi bilan birgadir va ikki kishidan uzoqdir». (Imom Termiziy rivoyati, sahih hadis)

    Xilvatda yolg`iz qolgan e`rkak va ayolning uchunchisi – Shaytondir.

    Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «(Bir) e`rkak (mahrami bo`lmagan) ayol bilan xilvatda yolg`iz qolmasin. Chunki, ularning uchunchisi Shaytondir». (Ibn Mojja rivoyati, sahih hadis)

    So`ng …

    Iymonli do`stim, shuni unutmanki, banda Shaytonga itoat e`tar va Alloh ta`ologa sherik qilar e`kan, Alloh ta`olo Shaytongauning ustidan hukm yuritish haqqini beradi. Shuning uchun ham, yaxshilik topgan kishi Allohga hamdlar aytsin. Yomonlik topgan kishi e`sa, o`zidan boshqani malomat qilmasin.

    Alloh ta`olo payg`ambarimiz, uning oilasi va sahobalariga salavot va salomlar yo`llasin!

    Ислом Нури
    Ислом Нури

    Ислом Нури ўзбек тилидаги Исломий аҳлуссунна веб саҳифаси

    Articles: 1963