Bismillahir rohmanir rohiym

    Yaratgan Allohga hamdu sanolar, payg`ambarimizga, uning oilasi, sahobalari va ularga qiyomat kuniga qadar e`rgashgan kishilarga salavot va salomlar bo`lsin.

    So`ng …

    Bir kishi ustidan shar`iy hukmlarga asoslangan holdagina «kofir» deb hukm chiqariladi. Muayyan shaxs ustidan aytilgan so`zi va qilgan ishi sababli mushrik hukmini berilganidek, muayyan shaxs ustidan shar`iy asoslar bo`lmagan taqdirda murtad hukmini chiqarilmaydi. Chunki, muayyan shaxsga kofir hukmini berish yoki uni Islom dinidan chiqarishning katta xatari va ortidan keladigan yomon ta`sirlari bor. Odamlar garchi kofir hisoblash – «takfir»ning shart va mone`liklari haqida turli guruhlarga bo`lingan bo`lsalarda, «ahlussunna val-jamoa»ni qilingan ishning belgilari va qiluvchining hukmi haqidagi shar`iy dalillar bilan haqiqatni lozim tutishga Alloh ta`olo hidoyat qildi. Shuning uchun ham ular, qilingan ishning hukmi, qilingan va qilinmagan narsalar, muayyan shaxs ustidan «kofir» deya hukm chiqarish shartlari va mone`liklarini belgilashda shar`iy qonunlarni lozim tutdilar. «Ahlussunna val-jamoa»: «Muayyan shaxs ustidan kofirlik hikmini chiqarish mumkin e`mas. Hukm chiqarish musulmon hokim yoki qozining ishi», yoki «Muayyan shaxs ustidan kofirlik hukmini chiqarish shartlari mukammal bo`lib, mone`liklar yo`q bo`lgan bir paytda, butun omma ustidan kofirlik hukmini chiqarsa bo`ladi»- deb aytmaydilar. Hatto, Islom dinini qabul qilish hohishi paydo bo`lgan kishilar uchun Islom belgilarini isbot e`tishga shoshiladilar. Ular bu ishlarning barchasida haqiqatdan ajramaydilar va muxoliflari qilganidek, vahiy matnlarini bir-biriga zid bo`lgan ta`villar bilan izohlamaydilar.

    Shuning uchun ham, musulmonlar, xususan, da`vatchilar oldida hayot biyobonlarida adashmasliklari va bizlar adolatli siyosatchilar soyasida Islom shariatini hayotga tatbiq e`tishdagi buyuk g`oyamizga e`rishish uchun ushbu risolani yozishga kirishdik. Alloh ta`olo barcha musulmonlarni haqiqatga e`rgashish va unda sabot bilan turishga muvaffaq qilsin.

    «Kufr»ning ta`rifi

    u «Kufr» so`zining lug`aviy ma`nosi: «o`rash» va «to`sish» dir. Sovutini o`rab, kiyimlarini kiygan odamga arablar: «Kafara dir`ahu bi savbihi» deydilar. Arab tilidagi «mukaffar» so`zidan qurollari bilan to`silgan (himoyalangan) jangchi tushuniladi.

    «Kufr» – iymonning ziddidir. Uni haqiqatni to`sgani uchun ham «kufr» deb ataldi.

    u «Kufr» so`zining shariatda qo`llanilishi. Kufr – Islom yoki Islomning kamoloti usiz mukammammal bo`lmaydigan narsani inkor e`tish, demakdir. Shuning uchun ham ikki shahodat kalimalarini inkor e`tish kufrdir. Dindan e`kani barchaga ma`lum bo`lgan narsalarning farzligi (masalan namoz) yoki harom e`kanini (masalan aroq) inkor e`tish kufrdir.

    «Kufr» so`zi oyat va hadis matnlarida ba`zida Islom millatidan chiqaradigan, ba`zida e`sa Islom millatidan chiqarmaydigan ma`nolarda iste`mol qilinadi. Chunki, kufrning ham iymon kabi turli shoxlari (tarmoqlari) bor. Ha, kufrning turli asos va tarmoqlari bor. Ularning ba`zilari kufrni taqozo qilsa, ba`zilari kufrning xususiyatlarini taqozo qiladi.

    Kufrning turlari
    Katta kufr

    Katta kufr – Islom usiz mukammal bo`lmaydigan narsalarni inkor e`tishdir. U – jahannamda mangu qolishni taqozo qiladi va Islomdan chiqaradi.

    Katta kufr e`tiqod, talaffuz va amal qilish bilan sodir bo`lib, besh turlidir. Ular:

    1) Rad e`tish kufri.

    Bu kufr pyg`ambarlarni va payg`ambarlar bergan xabarlarni rad e`tish (zero bu haqiqatga zid), payg`ambarlar olib kelgan vahiy haqiqatga zid, yoki Alloh halol qilgan narsani harom, ta`qiqlagan narsani halol deb da`vo qilisg kabidir. Bunga Alloh ta`oloning ushbu so`zlari dalolat qiladi: «Allohga qarshi uydirmalar to`qigan yoki kelgan paytida haqiqatni rad e`tgan kishidan ko`ra zolimroq kimsa bormi?! Axir jahannamda kofirlar uchun joy yo`qmi?!» (Ankabut: 68).

    2) Bosh tortish yoki tasdiqlasada kibr qilish kufri.

    Bu kufr rasululloh sollallohu alayhi va sallam robbisining huzuridan olib kelgan vahiyni tasdiqlagan , biroq, unga kibri, o`jarligi va haqiqatni va haqiqatga e`rgashgan kishilarni tahqirlashi sababli e`rgashmaslik kabidir. Alloh ta`olo Nuh alayhissolatu vassalomnig qavmi haqida: «Ular: «Biz senga xor kishilar e`rgashgan bir paytda iymon keltiramizmi?!»- dedilar», deb xabar berdi.

    Shayton (Iblis) ning kufri ham buning misolidir. Chunki, IblisAlloh ta`oloning buyruqlarini inkor e`tmagan, balki, uni kibr bilan qarshilagan e`di. Ko`plab xalqlarning kufri ham shu qabilidadir. Alloh ta`olo ularning o`z payg`ambarlariga: «Sizlar bozlar kabi insonlarsiz» (Ibrohim: 10) deb xitob qilganlarini bayon qildi.

    3) Shak kufri.

    Bu kufr payg`ambar olib kelgan xabarlarni tasdiqlash, yoki rad e`tish, yoki unga e`rgashishda shubhalanish kabidir. Zero, rasululloh sollallohu alayhi va sallam robbisining huzuridan olib kelgan barcha narsa shubhaga o`rin qo`ymaydigan haqiqatdir. Shuning uchun ham, rasulullohh sollalohu alayhi va sallam olib kelgan ta`limotlarga e`rgashishda ikkilangan yoki «Haqiqat uning ziddida bo`lishi mumkin» deb o`ylagan kimsa shak va shubha kufrini qilgan bo`ladi.

    4) Voz kechish kufri.

    Bu kufr rasulullohh sollalohu alayhi va sallamdan qalbi bilan voz kechish va Uning so`zlariga quloq solmaslik: Uni tasdiqlamaslik va rad e`tmaslik, do`st va dushman tutmaslik, Unga hech ham quloq solmaslik, haqiqatni o`rganmaslik va unga amal qilmaslik, haqiqatni zikr qiqlingan yerlardan qochish kabidir. Bu ishni qilgan odam voz kechish kufrini qilgan bo`ladi.

    5) Nifoq (munofiqlik) kufri.

    Bu kufr rasulullohh sollalohu alayhi va sallam olib kelgan ta`limotlarga qalbidan rad e`tsada, amal qilishni ko`rsatish kufridir. Ya`ni iymonni ko`rsatish va kufrni yashirish. Alloh ta`olo bunday kufr ishni qilgan odamlar haqida: «Odamlarning ba`zilari: «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirdik», deb aytadilar. Holbuki, ular mo`min e`masdirlar» (Baqara: 8).

    Nifoq (munofiqlik) ikki turlidir: e`tiqod va amal nifoqi.

    Birinchi: Etiqod nifoqi yoki katta nifoq – kufrni yashirib, iymonni til va boshqa a`zolarda ko`rsatishdir. Bunday nifoqni qilgan odam jahannamning tubidadir. Alloh ta`olo yuborgan barcha narsani yoki uning ba`zisini, yoki rasulullohh sollalohu alayhi va sallamni, yoki u olib kelgan narsalarning ba`zisini rad e`tish, yoki rasulullohh sollalohu alayhi va sallam olib kelgan dinning g`alabasini yoqtirmaslik katta nifoqning namunalaridandir.

    Ikkinchi: Amal nifoqi yoki kichik nifoq. Bu nifoq – shariatga ters uslubda sodir e`tilgan amaliy nifoqdir. Bu nifoq kishini Islom millatidan chiqarmaydi. Yolg`on so`zlash, va`daga yoki omonatga xilof qilish, janjal qilsa so`kinish (haqorat qiqlish) va ahdga vafo qilmaslik bu nifoqning misollaridandir.

    Biz yuqorida zikr qilgan kufr holatlarida banda kofir bo`ladi. Yaxshiroq tushunchaga e`ga bo`lish uchun, katta kufrni uch qismga bo`lib misollar bilan bayon qilamiz:

    1) E`tiqod kufri. Buning sabablari ko`p bo`lib, ularning ba`zilarinigina zikr qilamiz:

    – Alloh ta`oloning borligi va vahdoniyati haqida shak va shubha qilish;

    – Muhammad sollallohu alayhi va sallamning payg`ambarligi yoki uning so`nggi payg`ambar e`kanida shubha qilish;

    – oxirat kuni, jannat, jahannam, savob, jazo, jinlar, farishtalar yoki Islom ulamolari ichida ijmo` qilingan isro` (rasululloh sollalohu alayhi va sallamning Makkadagi Ka`ba masjididan Quddusdagi Aqso masjidiga tungi safari) va me`roj (rasululloh sollalohu alayhi va sallamning Alloh ta`olo bilan gaplashish uchun Osmonlarga ko`tarilishi) haqida shubha qilish;

    – Qur`on Karimning biror harfini inkor e`tish yoki unga bironta harfni qo`shish kerak deb e`tiqod qilish;

    – Islomdan boshqa biron bir qonunga ishonish va uni bashariyat hayoti uchun salohiyatli deb e`tiqod qilish;

    – Alloh ta`oloning maxluqlariga hulul qilishiga ishonish yoki Alloh ta`oloning sherik, rafiqa va farzand kabi poklash kerak bo`lgan sifatlar bilan sifatlash;

    – besh vaqt namoz yoki zakot kabi dindan e`kani barchaga ma`lum bo`lgan ibodatlarni fqrz e`mas, deb e`tiqod qilish;

    – savdo-sotiq yoki uylanish kabi dinda ijozat berilgan narsalarni harom, qotillik, zino va sudxo`rlik kabi dinda harom e`kani ma`lum bo`lgan narsalarni halol deb e`tiqod qilish;

    – rasululloh sollalohu alayhi va sallam etkazishga buyurilgan bo`lishlariga qaramay, Alloh yuborgan ba`zi narsalarni yashirib qolgan, yoki musulmonlarning ba`zilariga etkazib, ba`zilariga etkazmagan, deb e`tiqod qilish;

    – Allohning yuborgan biron bir payg`ambarini undan haqiqat rivoyat qilingan xabarida yolg`onchi qilish.

    2) Fe`liy kufr. Uning misollari:

    – Allohdan boshqasi uchun sajda qilish;

    – Qur`on Karim oyatlarini yoki rasululloh sollalohu alayhi va sallamning hadislarini iflos yerlarga osish;

    – avliyo va solih kishilarning qabrlarini tavof qilish;

    3) Talaffuz qilish kufri. Uning misollari:

    – Alloh ta`oloni, yoki biron bir payg`ambarni, yoki Islom dinini so`kish yoki haqorat qilish;

    – musibat va qiyinchilik onlarida avliyo yoki solih kishilardan madad so`rash;

    – Qur`on, Qur`on oyatlari, payg`ambar, Allohning go`zal ismlari, jannat va jahannamdan bergan xabarlari ustidan masxara qilib: «Alloh jannatini bersa ham kirmayman», yoki «Huzurimda payg`ambarlar guvohlik bersalarda, ularning guvohliklarini qabul qilmayman», yoki «Namoz o`qiganimdan beri hech bir yaxshilik ko`rmadim», yoki «Namoz o`qima, u senga nima foyda keltiradi», deb aytish va bundan boshqa bugungi kunda odamlarning tillarida osonlik bilan aytilayotgan va ularning kofir bo`lishlariga sabab bo`layotgan ko`plab istehzolar. Afsuski, ularni bunday ishlardan qaytaradigan kishilarning sonlari juda ham oz.

    Aziz do`stim, yuqorida e`slatilgan narsalarning ustidan hazillashib bo`lsada istehzoli kulish yoki masxara qilish kufrdir. Chunki, bu haqorat va mensimaslik bo`lib, uni talaffuz qilgan kishi murtad bo`ladi. Bunday xatoga yo`l qo`ygan kishi zudlik bilan shahodat kalimalarini talaffuz qilishi, istig`for aytishi, afsus chekishi va bunga qayta takror qaytmaslikka jazm qilishi kerak.

    Kichik kufr

    Kichik kufr – usiz Islomning barkamolligi to’la bo`lmaydigan narsani inkor e`tishdir. Kichik kufr insonni jazoga giriftor qilsada, jazoda mangu qo`ymaydi. Kichik kufr barcha gunohlarni o`z ichiga oladi. Chunki, , ibodat (toat) lar iymon deb nomlanganidek gunohlar ham kufrning xususiyatlaridandir. Shuning uchun ham, gunohlarni «kufr» deb ataldi. Kichik kufrni qilgan odam aslida e`mas, hukman mo`mindir.

    Kichik kufrning ham bir necha turi bo`lib, ularning ahamiyatlilari quyidagilardir:

    Ne`matga kufr keltirish (nonko`rlik).

    Ne`mat kufri (nonko`rlik) ne`matni inkor e`tish yoki ne`matni bergan zot – Alloh ta`olo qolib, boshqalarga nisbatlashdir. Alloh ta`olo bu haqida shunday dedi: «Ular Allohning ne`matlarini biladilar, keyin e`sa inkor e`tadilar. Ularning ko`plari kofir (nonko`r) dirlar» (Nahl: 183).

    Odamning: «bu o`zimning molim. Uni bobolarimdan meros qilib oldim», yoki «Falonchi bo`lmaganida e`di, boshqacha bo`lar e`di» va bundan boshqa og`izlardan osonlik bilan chiqadigan so`zlar ne`mat kufridir. Ular ne`matlarni boshqalarga nisbatlaydilar. Bu ne`matlarga Allohning muvaffaqiyati bilan e`rishilgan e`kanini bilsalarda, Allohga hamd aytmaydilar.

    Farzandlarga «Abdulhoris» (Horisning bandasi), Abdurrasul (Rasulning bandasi) deb ism qo`yish ham shu kufr ostiga kiradi. Chunki, bunday qilish Allohning yaratuvchi va in`om e`tuvchi e`kanini bila turib, boshqalarga banda qilish, demakdir.

    Namozni tark qilish.

    Namozning farz e`kaniga ishonish, uni ado e`tishga zohiriy va botiniy rag`bat bo`lishi bilan birga tanballik sababli o`qimaslik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Biz bilan u (munofiq) lar o`rtasidagi ahd – namozdir. Kim uni tark qilsa kofir bo`libdi»- dedilar (Imom Termiziy. «Sahih»). Ushbu hadisda iste`mol qilingan «kufr» so`zidan kichik kufr tushuniladi va uni qilgan kishi Islom millatidan chiqmaydi. Ba`zi ulamolar: «Bundan maqsad katta kufrdir»- dedilar va «kufr» so`zini mutlaq iste`mol qilish uchun katta shirkka olib borishini zikr qildilar. Biroq, bu yerdagi «kufr» so`zidan kichik kufrni tushunish boshqa hadislarda kelgan ma`nolar bilan namoyon bo`lmoqda. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Alloh ta`olo bandalarga besh vaqt namozni farz qildi. Ularni ado e`tgan va ularning haqlarini mensimay zoye qilmagan kishi uchun Allohning huzurida uni jannatga kiritish ahdi bordir. Ularni ado e`tmagan kishilar uchun Allohning huzurida ahd yo`qdir. Alloh hohlasa ularni jazolaydi, hohlasa jannatiga kiritadi» (Imom Termiziy. «Sahih»).

    Ammo namozni butunlay rad e`tish, uning Alloh tarafidan farz qilingan e`kanini inkor e`tish katta kufr e`kanida Islom ulamolari o`rtasida ixtilof yo`qdir.

    Folbinlarga borish.

    Folbinlarga borish va ularning g`aybdan bergan xabarlarini tasdiqlash – kichik kufrdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Folbinga borgan va uning aytgan so`zlarini tasdiqlagan kimsa Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) ga nozil bo`lgan narsaga kofir bo`libdi» («Sahihu Sunani Abi Dovud»).

    Xotiniga besoqolbozlik qilish.

    Xotiniga besoqolbozlik qilish yoki hayz qoni ko`rayotgan vaqtda ayol kishi bilan jinsiy aloqada bo`lish – kichik kufrdir.

    Rasululloh sollalohu alayhi va sallam dedilar: «Hayz ko`rayotgan ayoli bilan jinsiy aloqa qilgan yoki ayoli bilan besoqolbozlik qilgan kishi Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) ga nozil bo`lgan narsaga kofir bo`libdi» («Sahihu Sunani Abi Dovud»).

    Musulmonlarga qarshi jang qilish.

    Musulmonlarga qarshi jang qilish – kichik kufrdir. (Shuni e`slatib o`tish kerakki, bu yerda musulmonlarning musulmonlar bilan urush qilishlari nazarda tutilmoqda).

    Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Musulmonni haqorat qilish (so`kish) fosiqlik, unga qarshi urush qilish kufrdir» (Imom Buxoriy rivoyati);

    «Mendan so`ng bir-biringizning kallangizni oladigan kofir bo`lib ketmangiz!» (Muttafaqun alayh).

    Bu kufrning Islom millatidan chiqarmasligiga barcha Islom ulamolari ittifoq qilganlar. Chunki, bunday ishni qilgan odamlar Alloh ta`oloning: «Agar mo`minlarning ikki toifasi bir-birlari bilan urushsalar…» (Hujurot: 9) so`zi ostiga kiradilar.

    uAllohdan boshqasining nomi bilan qasam (ond) ichish – kichik kufrdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Allohdan boshqasining nomi bilan qasam ichgan kishi mushrik yoki kofir bo`libdi»- dedilar (Abu Dovud rivoyati, sahih hadis).

    «Ahlussunna val-jamoa» ushbu hadisda zikr qilingan shirk va kufr Islom millatidan chiqarmaydigan kichik shirk va kichik kufr e`kaniga ittifoq qilganlar.

    Nohaqlik bilan hukm qilish.

    Ba`zi masalalarda, Alloh ta`ologa va unga duch kelishga iymon keltirgan holatida, Alloh nozil qilmagan narsalar bilan hukm qilish, Islom millatidan chiqarmaydigan kichik kufrdir. Ammo ibodatdagi Allohning hukmini bekor qilib, uni tog`ut hukmiga alishtirgan va buni halol hisoblagan kishi Islom millatidan chiqaradigan katta kufrni qilgan bo`ladi.

    Kichik kufrning turlari juda ham ko`pdir. Kufr ismi berilgan va katta kufrdan hisoblanmagan barcha gunohlar kichik kyfrdir.

    Kichik kufrni «amaliy», katta kufrni e`sa «e`tiqodiy» kufr deb ataladi. Biroq, quyidagi holatlarda katta kufrni qilish bilan banda kichik kufrni qilganidek, Islom millatidan chiqmaydi:

    – tilning Islom millatidan chiqaradigan kufrni qasdsiz va hohishsiz talaffuz qilishi;

    – uyqu, behushlik yoki mastlik sababi aqlning ketishi oqibatida Islom millatidan chiqaradigan kufrni talaffuz qilish;

    – o`lim yoki boshqa tahdidlar ostida majburlanish. Bunday paytda iymon mustahkam bo`lsa, zohirga qarab kofir hukmi berilmaydi. Alloh ta`olo: «…Majburlangan va qalbi iymon bilan xotirjam bo`lgan kishi mustasno…»- dedi. Ammo kufr so`zni talaffuz qilib: «Men hazillashgan e`dim» desa, zohiran va botinan kofir bo`ladi. Chunki, Islom millatidan chiqaradigan so`zni jiddiy yoki hazillashib, bilib yoki mazax qilib aytgan odam ustidan bu dunyoda kofir hukmi chiqariladi. Oxiratda e`sa ularning ishi Allohga havoladir.

    Musulmon ustidan kofir hukmini berish

    Musulmon ustidan kofir hukmini berish e`ng nozik va xatarli masalalardan bo`lib, unga dalilsiz yaqinlashish mumkin e`mas. Chunki, kofirlik hukmi berilgan odam shu hukmga loyiq bo`lsa yaxshi, bo`lmasa hukm qilgan kishining o`zi kofir bo`ladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bir kishi birodariga: «Hoy kofir» desa, u ikkisidan biri (kofir bo`lishga) duchor bo`ladi»- dedilar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).

    Kofir hukmini chiqarishda so`z va so`zlovchi o`rtasini ajratish

    Kofir hukmini chiqarishda kufrning turi bilan muayyan shaxs ustidan kofir hukmini chiqarilmaydi. Shuning uchun ham, kufr e`kani ma`lum bo`lgan so`z bilan, shu so`zni aytgan odam ustidan «kofir» deya hukm chiqarish o`rtasini ajratish kerak. Masalan: «Alloh ta`olo har yerdadir», yoki «Allohning so`zi maxluqdir»- deb aytish, yoki Allohning sifatlarini inkor e`tish kufrdir… Bu hukm tur va talaffuzga hukm qilish bobidandir. Ammo ish muayyan shaxsga bog`lanar e`kan, unda shoshilmaslik va tekshirish kerak. Chunki, shaxs u so`zlarni aytmagan bo`lishi, yoki ta`vil qilgan bo`lishi, yoki vahiy matnlarini bilmagan yoki tushunmagan bo`lishi mumkin. Bunday paytlarda ishlar farqlicha bo`ladi. Zero, johil va aldangan kishi o`jar va fojir kishilar kabi e`masdir.

    Ma`lum bo`ldiki, johil va johil kabi insonlar ustidan dalillar bilangina hukm chiqariladi. Dalil e`sa, ularning tushunchalari darajasida bo`ladi. Chunki, ular dalil-hujjatlarni tushunsinlar.

    Xullas, ulamolar ijmo`si bilan kufr hisoblangan so`z mytlaq kufr so`zdir. Bu so`zni talaffuz qilgan har bir kishi ustidan kofir hukmiga loyiq shartlar bo`lib, mone`liklar yo`qolmaguniga qadar hukm chiqarish mumkin e`masdir.

    Kufr va uning turlari haqida so`zning xulosasi
    • «Ahlussunna val-jamoa» boshqa guruhlar ichida barcha masalalarda bo`lganidek, kofir hukmini chiqarishda ham mo`tadildir.
    • Kofir hukmini berish Alloh ta`olo va rasululloh sollalohu alayhi va sallamning haqqidir. Alloh va rasululloh sollallohu alayhi va sallam kofir degan kimsalargina kofirdirlar.
    • Biror kishi ustidan kofir hukmini chiqarmoqchi bo`lgan odam, Allohga bilmay so`z aytib qo`yishdan qo`rqib, uzoq o`ylanishi va shoshilmasligi kerak.
    • «Ahlussunna val-jamoa» ning hukm chiqarishdagi asosi Qur`on Karim, rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlari va salaf solih tushunchasidir.
    • «Ahlussunna val-jamoa» qibladosh bo`lgan kishi ustidan tushuntirilgani, haqiqatga yo`llangani, buzuq tushunchalarga taalluqli shubhalarni ketkazilganidan so`nggina hukm chiqaradi. Agar o`z kufrida davom e`tsa, uning iloji shariatda bayon qilingan murtadlik hukmidir: undan tavba qilish talab qilinadi. Tavba qilsa yaxshi, bo`lmasa murtad-kofir holida qatl qilinadi.

    Alloh ta`olodan qilgan amallarimizni o`zi uchun xolis qilishini so`raymiz. U buning hojasi va bunga qodirdir.

    Ислом Нури
    Ислом Нури

    Ислом Нури ўзбек тилидаги Исломий аҳлуссунна веб саҳифаси

    Articles: 1962