Бизга боғланинг
Mish-mishlar va ularning Islom jamiyatiga bo`lgan salbiy ta`siri
«Salaf solihning da`vat uslubining belgilari» silsilasi (3)
Abu Ja’far al-Bukhoriy tarjimasi
Bismillahir rohmanir rohiym
Alloh ta`ologa hamdu sanolar, payg`ambarimiz, uning oilasi, sahobalari va ularga yaxshilik bilan e`rgashgan barcha kishilarga salavot va salomlar bo`lsin.
So`ng…
Mish-mishlar jamiyat va shaxslarni parchalab, vayron qilib tashlaydigan xatarli qutoldir. Mish-mishning yaxlit saf, yakdil fikrlarni buzadigan, parchalydigan va tarqatib tashlaydigan (Alloh bergan) kuchi bordir. Biz Islom ummati o`z dushmanlarimiz tomonidan saflarimiz ichida tarqoqlik yoki darichalar ochish uchun mish-mish va boshqa g`addor rejalar bilan yuzma-yuz qolmoqdamiz.
Ushbu makr va hiylalar o`tmishdagi kabi sunnat bo`lib, payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallam yuborilgan kundan buyon davom e`tmoqda. Alloh ta`olo dedi: «U (kitob ahllari) agar qodir bo`lsalar, diningizdan qaytargunlaricha sizlar bilan urush qiladilar». Demak, haqiqat va botil o`rtasidagi kurash, vositalar xilma-xil bo`lsada, davom e`tmoqda. Chunki, Islom dushmanlarining maqsadi, Alloh ta`olo bayon qilganidek, yagona – Islom dinidan chiqarishdir. Shuning uchun ham, ba`zida uzoq muddatlar uchun tayyorlangan rejalar haqidagi so`zlrani e`shitar va imkoniyatiga qarab o`z botillarini turli vositalar bilan amalga oshirilganini k`orar e`kanmiz, hayratga tushmasligimiz kerak. Bu narsalar bizlar uchun hayratli e`mas, aslida. Hayratli narsa e`sa, ayrim musulmonlarning bu botillarini yoyishda o`z dushmanlariga hamkor bo`lishlaridir. Biz ushbu risolani «musulmonmiz» deb da`vo qilgan ushbu guruh uchun yozmadik. Chunki, bu odamlar Islom dushmanlariga samimiy muhabbatda bo`lgan qulay vositalardir. Ular bizning dinimizga ichkaridan tahdid solgan va fitna tuzog`iga osonlik bilan tushgan hamda boshqarilgan kishilardir. Biz ularga achinib ham qo`ymaymiz.
Balki, biz ushbu risolani hissiyot va hamiyatlari shar`iy doiradan chiqqan, Islom ummati ichida olov kabi yoyilib, barcha narsalarni yondirishi mumkin bo`lgan mish-mishlarni yoyish yoki tasdiqlash bilan yaralashga yordamchi bo`lgan kishilar uchun yozdik.
Mish-mishlar bozori qizigan bir paytda ushbu kamtarona risolamizni musulmonlar ommasi, xususan, da`vatchilarga taqdim e`tamiz va Alloh ta`olodan so`z va amallarimizda ixlosni so`raymiz. Ilohim, duolarimizni qabul qil!
«al-Isha`a so`zining ma`nosi
(«al-Isha`a» arabcha so`z bo`lib, o`zbek titlida «mish-mish» ni anglatadi).
«al-Isha`a» so`zining ma`nosi: «yoyilmoq», «xabar yoyildi» dir.
«al-Sha`a»: «yoyilgan xabar» dir.
«Rajulun mishya`un»: «Sir saqlamaydigan odam».
«al-Isha`a» so`zining istilohda qo`llanishi: «al-Isha`a» – xabarning qaysidir manba`dan muayyan sharoitda, boshqlarga shu manba`ning maqsadlarini bildirmay yoyilgan xabardir. Bundan tashqari, u – odamlar og`izma-og`iz tashiyotgan xabar, so`z va gaplar hamda to`g`ri yoki noto`g`ri e`kanini bilmay yoki tekshirmay rivoyat qilishayotgan qissalar va to`g`riligi haqida shubha bo`lgan xabarlardir.
Mish-mishning tarixi
Mish-mishning tarixi insoniyat tarixi kabi qadimir. U inson bor yerda bo`lgandir. Shuning uchun ham mish-mish bo`lmagan bashar jamiyati yo`qdir. Chunki, inson nafsining Islom tabiyasini olmagan paytda mish-mihshlarni qabul qilish qobiliyati vujudga keladi. Payg`ambarlar tarixi so`zimizning guvohidir. Nuh alayhissolatu vassalom o`z xalqi tomonidan: «U sizlarga rahbarlik qilishni hohlamoqda»- deb ayblandi. Hud alayhissolatu vassalom shunga o`xshash so`zlarga duch keldilar. Muso alayhissolatu vassalom Fir`avn tomonidan sehrgarlik va fitnachilik bilan ayblandi va xalq orasida bu xabar yoyildi. Yusuf alayhissolatu vassalomning qissalari e`sa Misr azizining sir tutishi va xabarlarning ommaviylashishi oldida to`siq bo`linishiga qaramay, misrlik ayollar ichida yoyildi. Va bundan boshqa Qur`on Karim bayon qilgan qissalar …
Payg`ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam da`vatlarining ilk kunlaridanoq mish-mish va shubhalantirish fitnalariga duch keldilar. Makkada telbalik, sehrgarlik va yolg`onchilik bilan ayblandilar. Alloh ta`olo e`sa, din dushmanlarining ishlaridan ogoh e`di. Shuning uchun ham, U etti qat Osmonning ustidan Islom dushmanlarining yolg`onchi va safil insonlar e`kanini bayon qilib, Muhammad sollallohu alayhi va sallamni oqlovchi oyatlar nozil qildi.
Madinada Makkadagidan ko`ra ko`proq mish-mishlar yoyildi. Fasod o`choqlari – yahudiy va munofiqlar mish-mishlarni boshqarar e`dilar. Islom jamiyatining jipsligi va rasululloh sollallohu alayhi va sallamga itoati bo`lmasa e`di, Allohning dushmanlri o`z maqsadlariga e`rishgan bo`lur e`dilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam haqida harbiy maydonlarda chiqarilgan mish-mishlar va olishimiz kerak bo`lgan darslar haqida fikr yuritishimiz kerak.
Mish-mishlarning manba`i
Mish-mishlarning manba`i ko`pincha shaxs, ommaviy axborot vositalari, e`lonlar, maktublar yoki yozilgan tasma-kassetalar bo`lishi mumkin. Bu – xabarlarning odamlar o`rtasida yoyilishiga sabab bo`lgan vositalardir. Shuning uchun ham, xabarni olib kelayotgan kishi xabarni tekshirib olishi va shoshqaloqlik qilib tarqatmasligi kerak. Bu ishdagi asos tim ma`noda oqlashdir. Mish-mishlar e`sa, favqulodda paydo bo`lgan narsalardir. Shuning uchun ham, xabarning aniq hujjatlari bo`lmaguniga qadar, asos holatida qolishi kerak.
Mish-mishlarning sabablari
Mish-mishlarning ko`p sabablari bo`lib, biz quyida ularning ba`zilarinigina keltiramiz.
Haqorat qilish.
Mish-mishlarni chiqarishnig asosiy sababi haqorat qilish va o`ch olish bo`ladi, Alloh saqlasin.
– Obro` umidi.
Mish-mish chiqarayotgan kishilarning ko`pi o`zining bu ishi bilan obro`ni maqsad qiladi. Uning so`zlariga tinglovchilarning quloq solishi, ko`zlarini tikishi va ishtiyoq ko`rsatishimish-mishlarni yoyishning katta sabablaridan biridir. Tabiiyki, bu tinglovchilarning rag`batini oshirish va aytilgan so`zlarga berilishdan uzoq bo`lsa.
Majlis vaqtlarini mish-mishlar bilan o`tkazish.
Ma`lumki, majlisda hozir bo`lganlar munozaralarda ishtiro e`tishni hohlaydilar va sukut saqlashni o`zlari uchun loyiq ko`rmaydilar. Naitjad, nima bo`lsa gapirib, mish-mishlarni so`zlariga dalil qilib keltiradilar.
Mish-mishlarning rivojlanish sabablari
– Tinglovchilardan obro` va rag`bat kutish.
– Tinglovchilardan rag`batni k`organida mish-mishchining kayf qilishi.
– Mish-mishlarning yolg`in e`kani ma`lum bo`lgan vaqtdagi natijaning mish-mishni olib kelgan va olib borilgan kishilarning tasavvur qilmasliklari.
– Mish-mishlarni tashigan odamning kaltafahmligi.
– Nafsni tekshirmaslik va hisob qilmaslik.
Mish-mishlarga baho berishda Islom mezoni
Alloh ta`olo dedi: «Hoy mo`minlar, fosiq xabar keltirsa tekshirib ko`ringlar va bir xalqqa bilmay ozor berib, qilgan ishlaringdan pushaymon bo`lmanglar!».
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «E`shitgan har bir narsasini so`zlash kishiga yolg`on jihatidan kifoya qiladi»;
«E`shitgan har bir narsasini so`zlash kishiga gunoh jihatidan kifoya qiladi» (Imom Muslim rivoyati).
Imom Molik rahimahulloh: «E`shitgan barcha narsani so`zlash katta fasod e`kanini bil!»- dedi. Bu jumlalarni Munoviy rahimahulloh shunday izohladi: «Ya`ni e`shitilgan narsa aniq bo`lmasa. Chunki, odam rost va yolg`on so`zlarni ham e`shitishi mumkin. Agar u e`shitgan barcha so`zlarini aytaversa, tabiiyki, yolg`on so`zlashi mumkin. Yolg`on e`sa, bir narsani qasd qilmasada, boshqacha qilib xabar berishdir. Gunohning sharti e`sa qasd qilishdir.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam e`shitgan narsalarini tashib yuradigan kishilar haqida: «Kishining mingan e`ng yomon narsasi gumon qilishidir»- dedilar.
Chunki, «gumon qildilar» so`zi ilmsiz gumon qilgan va Alloh mazammat qilgan kofirlarning so`zidir: «Kofirlar: «Biz qayta tirilmaymiz» deb gumon qildilar».
Bag`aviy rahimahulloh «Sharhus-sunnah» kitobida shunday dedi: «Bu so`z nazammat qilindi. Chunki, ko`pincha asosi bo`lmagan, faqatgina tillarda gapiriladigan so`zlarda iste`mol qilinadi. Shuning uchun ham, rasululloh sollallohu alayhi va sallam o`z e`htiyojlariga etib borishi uchun iste`mol qilgan: «Ular shunday gumon qildilar» jumlasini miniladigan narsaga o`xshatdilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni hikoya qilayotgan narsasini mukammal bilish, rivoyat qilayotgan narsalarda e`htiyot bo`lish hamda ishonchli kishilardangina hadis rivoyat qilishga buyurdilar».
Abdurrahmon ibn Mahdiy rahimahulloh: «Odam e`shitgan ba`zi narsalardan tiyilmagunicha itoat qilinadigan imom bo`la olmas»- dedi (Imom Muslim rivoyati).
Mish-mishni tarqatayotgan kishiga vojib bo`lgan narsalar
– Alloh ta`olodan taqvo qilishi, qilayotgan ishlari va aytayotgan so`zlarida Allohning doimo nazorat qilib turganini his e`tishi, aytayotgan har bir so`ziga diqqat e`tish.
Alloh ta`olo dedi: «… va darhaqiqat, sizlarning ustingizda nigohbonlar bor».
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Soqol-mo`ylablari o`rtasi (og`zi) ni va ikki oyoqlari o`rtasi (jinsiy a`zosi)ni men uchun kafolatga olgan kishi uchun men jannatni kafolatga olaman» (Imom Buxoriy rivoyati).
– Musulmon birodari haqida yaxshi gumonda bo`lish va uning o`rniga o`zini qo`yish.
– Xabarchilkdan maqsadi to`g`rilik bo`lishi va u haqida mish-mish chiqarilgan kishidan o`ch oli bo`lmasligi.
Mo`min bu aybli kasndan e`htiyot bo`lsin. Alloh ta`olo dedi: «Bilinglarki, Alloh sizlarning ichingizdagi barcha narsani biladi. Bas, e`htiyot bo`linglar!».
– Muayyan xabar haqida ilm va fazl sohiblari bilan maslahat qilish va ularning maslahatlarini olish.
Chunki, ular ilm va tajribalari bilan foydali tarafni yaxshi biladilar.
– Xabarning tarqatishdan maqsad uning to`g`ri bo`lishidir.
Xabarni tarqatayotgan odam o`zini tinglayotgan odamlarga maqsadini oydinlatsin.
– Xabar tarqatayotgan odam o`zi borishga odatlangan majlis bilan, boshqa majlis o`rtasini farqlashi kerak. Zero bir majlisda so`zlangan so`zlar boshqa majlisda so`zlanmasligi mumkin.
– Xabarchi tinglovchilarning xabarni xato va kamchiliksiz etkazishlariga diqqatni jalb qilishi kerak. Chunki, u birinchi manba` va ular etkazayotgan xabar uniki va uning mas`uliyatidadir. Shuning uchun ham, e`ng afzali xabarni so`zma-so`z, harfma-harf etkazishdir. Tarixda: «Xabarlarning ofati roviylardir»- deb bejiz aytilmagan.
– Xabarchi aytayotgan barcha so`zlarininaniq bilishi, o`z mas`uliyatini soqit qilish uchun qo`shimchalar qo`shishdan saqlanishi kerak.
– Xabarchi e`shitgan narsasini gapirmasligi va yoymasligi kerak. Chunki, musulmnolar bunday so`zlarni gapirmasalar, mish-mishlar o`z beshigida yo`q bo`ladi.
– Kazob, munofiq, g`iybatchi va qalbi buzuq odamlardan yuz o`girish, ularga xabar yoyishlarida imkon bermaslik va ularga ishonmaslik.
Mish-mish biz sanab o`tgan narsalar bilan qarshi turilganida yo`q bo`ladi va uning yomon ta`sirlari Islom jamiyatiga yoyilmaydi, (inshaalloh).
Mish-mishni e`shitganida mo`min nima qilishi kerak?
-1. Mish-mish xabarini keltirgan kishiga qarashi, uning adolatli, fosiq yoki har ikkisining o`rtasimi bilishi kerak. Alloh ta`olo dedi: ««Hoy mo`minlar, fosiq xabar keltirsa tekshirib ko`ringlar va bir xalqqa bilmay ozor berib, qilgan ishlaringdan pushaymon bo`lmanglar!».
-2. Mih-mishchiga Allohni, Allohning huzurida aytayotgan har bir so`ziga javob berishini hamda tekshirib ko`rishi va shoshilmasligi kerakligini e`slatish.
-3. Alloh ta`oloning: «Bilmagan narsangizni tilingiz bilan olasiz va og`zingiz bilan gapirasiz va buni oson deb o`ylaysiz. Biroq, u Allohning huzurida buyukdir»- deb aytgan oyatlarining ma`nolari ostiga kirib qolmaslik uchun dalillar etarli bo`lmagan bir paytda mish-mishlarni zudlik bilan tasdiqlamaslik kerak.
-4. Agar mish-mish yaxshi deb hisoblangan kishidan sodir bo`lgan bo`lsa, u haqida chiroyli fikrda bo`lish hamda u uchun shar`iy uzrlar izlash. Agar odam `ziga nisbatlangan narsada dalil topa olmasa, mish-mish olib kelingan odam mish-mishni olib kelgan odamga bunday ishlarda mish-mish sababli vujudga kelgan bo`shliqni tol`dirish uchun nasihat qilish va yo`llash kerak e`kanini e`slatishi kerak.
Mish-mish qilingan odam
Mish-mish qilingan odam ikki holatdan birida bo`ladi: ma`lum yoki noma`lum.
– Mish-mih qilingan odamagar olim yoki omma ichida e`zgulik va salohiyat nisbati berilgan – ma`lum kishi bo`lsa, odam Allohdan qo`rqishi, xususan, sunnatga amal qilishi va sog`lom e`tiqodi bilan mashhur bo`lgan kishi bo`lsa, unga til uzatishdan tiyilishi kerak. Chunki, ular Islom ummatining ulug`lari, etakchilari va mayoqlaridir. Zero ulamolarining qadriga etmagan xalqda e`zsulik bo`lmas. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Birodarining nomusini g`iybat qilinganida himoya qilgan kishini jahannamdan ozod qilish Allohning zimmasidagi haqdir»- dedilar.
Agar mish-mish qilingan odam e`zgulik va yaxshilik bilan mashhur bo`lmagan bo`lsa, mish-mishchi dushmani bo`lsada, haddidan oshmasligi kerak. Chunki, qilgan ishi yolg`on va zulmdir. Alloh ta`olo dedi: «Bir xalqning dushmanligi sizlarni adolatsizlik qilishga undamasin. Adolat qilinglar! Bu – taqvoga yaqindir».
– Agar mish-mish qilingan odam noma`lum bo`lsa, ma`lum bo`lgan kishilarga qilingan ishlarni qilinishi, mish-mishchi o`ziga u haqida isbotsiz bir narsani so`zlashga haq bermasligi kerak. Chunki, johillik ba`zida bilmasdan aytilgan so`z bilan kechirilmaydi. Xabar noma`lum odamga etadi-da, o`zi haqida so`z aytgan kishiga hujum qilib qolishi mumkin.
Mish-mishlarni yo`qotish yo`llari
– Mish-mishni olib kelgan kishiga Alloh ta`oloni e`slartish, uni bilmay so`z aytishdan va agar mish-mish yolg`on va mubolag`ali bo`lsa, yomon natijlardan ogohlantirish. Alloh ta`olo: «… qilgan ishlaringizga pushaymon bo`lmanglar!»- dedi.
– Tushunmay yoki e`tiroz bildirmay mish-mishni qabul qilishga shoshilmaslik.
– Mish-mishni takrorlamaslik. Chunki, uni takrorlaganida yolg`on va roviy e`htiyotsizligi sodir bo`lishi mumkin.
– Mish-mishning harakar yo`nalishini ildiziga erib borish uchun tekshirish va uni chiqargan odamni to`xtatib, qat`iy hisob qilish.
– Mish-mishni e`shitgsn paytda beparvo bo`lish, hayratga tushmaslik va uning to`g`riligida shubhalantirish. Toki mish-mishchilar ikkilansin va mish-mishni tarqatishdan avvalo`zlari haqida o`ylab ko`rsinlar.
Mish-mishning Islom jamiyatiga bo`lgan salbiy ta`siri
Mish-mishning Islom jamiyatiga katta salbiy ta`sirlari bo`lib, biz quyida ularning ba`zilarinigina bayon qilamiz.
– Begunoh odamni unda bo`lmagan narsalar bilan ayblash.
– Asossiz ishlarga kirishish bilan zimma va tillarning buzilishi.
– Jamiyatda bir-biriga bo`lgan ishonchning yo`qolishi.
– Mish-mish da`vat maydonida harakat qilayotgan da`vatchilar, xususan, uyg`onish davridagi yoshlar tarafidan chiqqan paytda johillarning haqoratlari.
Mish-mishning xatarli oqibatlari haqida kengroq narsalarni o`rganmoqchi bo`lgan odam mashhur va «mish-mishlar onasi» deb hisoblangan «Tuhmat» voqeasiga murojaat e`tsin (Onamiz Oisha raziyallohu anhoga munofiqlarning: «Zino qildi»- deya qilgan tuhmatlarining ishonchli tarix kitoblaridagi matnlari).
Xotima
Bu asrda mish-mishning musulmonlarga qarshi kurashda katta ro`li bo`ldi. Mish-mishlar saflarda, xususan, saflar ichidagi johillar, yoki yashirin maqsadli, yoki gumonli kishilar tomonidan bo`lganida katta buzilishlarni vujudga keltiradi.
Islom dushmanlari mish-mishlarni musulmonlarga, xususan, musulmon olimlar, yo`lboshchilar va da`vatchilarga qarshi ularga bo`lgan ishonchni yo`qotish va ulardan odamlarni burish uchun yolg`on va tuhmatlarga sug`orib yoymoqdalar. Axir qancha-qancha ulamo va da`vatchilar xoin, dunyoparast va mansabparast deb ayblanmadimi?! Islom dushmanlari biz musulmonlarning qilgan ilmiy va amaliy xato va kamchiliklarimizdan foydalandilar va uni odamlar ichida bo`rttirilgan holda yoyib, sichqondan fil yasamoqdalar. Alloh yordamchimiz bo`lsin!
Ilohim, musulmonlar ommasi, xususan, ularning da`vatchilari va yoshlari o`rtasini isloh qil! Ularni bir qo`l, bir so`z va bir saf qil!
Ne`matlari bilan e`zgulikni mukammal qiladigan Alloh ta`ologa hamdu sanolar bo`lsin.